“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 13:11
ЎЗO‘Z

Iqtisodchi: «UzAuto Motors xalqni istalgan yolg‘onga ishonib ketadigan laqma va savodsiz, deb hisoblaydi»

08 apr, 13:30 3 520 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Iqtisodchi: «UzAuto Motors xalqni istalgan yolg‘onga ishonib ketadigan laqma va savodsiz, deb hisoblaydi» Foto: «autostrada.uz»
Kuni kecha, UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Malibu-2 modellari, shuningdek, yangilangan Equinox va Tracker narxlarini keskin oshirgani ma’lum bo‘lgandi. Avvaliga bu narx oshirilishi haqida kompaniya hech qanday ma’lumot bermadi. Holat ijtimoiy tarmoqlar orqali oshkor bo‘lgach, UzAuto Motors narxlarning oshishi sabablarini sanadi.

Xususan, «dollar kursining o‘sishi (30 foizdan ko‘proqqa), Koreya Respublikasi voni kursining dollarga nisbatan mustahkamlanishi (10-15%), pandemiya va boshqa omillar natijasida logistika narxining dunyo miqyosida o‘sishi ushbu avtomobil rusumi narxining yangilanishiga asosiy sabablaridan bo‘ldi», deyilgandi izohda.

Ammo monopol kompaniyaning bu izohi darhol qarshilikka uchradi va yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblandi. Bankiroff kanali muallifi, iqtisodchi Otabek Bakirov shunday yozadi:

«1 AQSH dollari 2019 yil 1 oktabrda 9 446,65 so‘mni tashkil etgan. 2021 yil 31 mart holatiga 1 AQSH dollari 10 474,98 so‘mdan iborat bo‘lgan. Bu davrda dollar kursi so‘mga nisbatan 10,88%ga oshgan.

Monopolist O‘zavtomotors ta’kidlayotganidek kurs 30%ga oshmagan.

1 AQSH dollarining Koreya voniga nisbatan qiymati 2019 yil 1 oktabrdan 2021 yil 31 martga qadar 1201,86dan 1133,66gacha o‘zgargan. Yoki boshqacha aytganda, Koreya voni AQSH dollariga nisbatan O‘zavtomotors ta’kidlayotganidek, 10-15% emas, 6%ga mustahkamlangan.

O‘zavtomotors yo o‘zbekistonliklarning istalgan yolg‘onni aytsa ishonib ketadigan laqma va savodsiz, deb hisoblaydi yoki raqobatdan holi kompaniya oddiy arifmetikani ham yoddan ko‘tarish darajasigacha degradatsiyaga uchragan.

Ha aytganday, O‘zbekiston qonunlariga tupurib qo‘yib, bir so‘m boj to‘lanmay, Xitoydan olib kelib sotilayotgan yangilangan Tracker eskisidan ming dollardan ortiq komplektatsiyaga ega bo‘ldimi?

Equinox avtomobilida RS komplektatsiyasida yangilanishi to‘rt yarim ming dollarga tushmoqdami? Balki bu yerda ham yolg‘onchi kalkulyatsiyaga chaqib ko‘rarsizlar?

Monopoliyat mafkurasi shunchalar buzilganki, kurs o‘zgarishiga muvofiq avtomashinalar narxi mutanosib ravishda oshmasligi haqida hatto tasavvurlar o‘lib bo‘lgan. Kurs o‘zgarishlariga qaramay, ochiq bozorda narxlarni raqobat va xarajatlarni maqbullashtirishga urinishlar tiyib turishini hazm etmaydi
».




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 134
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 170
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 136
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 201
  • So'nggi yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Bo‘limlar