“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 23:13
ЎЗO‘Z

UzAuto Motors Malibu narxini 45 mln so‘mga oshirdi

08 apr, 11:01 2 931 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzAuto Motors Malibu narxini 45 mln so‘mga oshirdi Foto: UzAuto Motors
UzAuto Motors kompaniyasi xorijdan import qilinadigan Malibu 2 LTZ avtomobili narxini 324,4 mln so‘mdan 369 mln so‘mga ko‘tardi.

Kompaniya buni ushbu avtomobil narxi bir necha yildan buyon o‘zgarmay kelgani, bu vaqtda so‘m qadrsizlanib, pandemiya davrida logistika xarajatlari ortgani bilan izohladi.

«Ikkinchi avlod Chevrolet Malibu avtomobillari O‘zbekiston bozorida 2017 yil aprel oyidan paydo bo‘ldi. Har bir yangi Chevrolet Malibu rusumining narxi avtomobil modifikatsiyasidan kelib chiqib tasdiqlangan va shu vaqtga qadar biror marta narxi oshmagan.

Ikki litr xajmdagi turbomotorli Chevrolet Malibu LTZ Premier Facelift avtomobilining so‘nggi Premium versiyasi 2019 yil oktabr oyida sotuvga chiqarildi. Ushbu avtomobilning narxi 2021 yil mart oyigacha o‘zgarmadi.

Dollar kursining o‘sishi (30 foizdan ko‘proqqa), Koreya Respublikasi voni kursining dollarga nisbatan mustahkamlanishi (10-15 foiz), pandemiya va boshqa omillar natijasida logistika narxining dunyo miqyosida o‘sishi ushbu avtomobil rusumi narxining yangilanishiga asosiy sabablaridan bo‘ldi
», – deyiladi UzAuto Motors axborotida.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekistonda yangi avlod Chevrolet Equinox va Tracker avtomobillari sotuvga chiqdi.

Yanvar oyida «O‘zavtosanoat» yangi avloddagi Tracker'ning LT modifikatsiyasi narxi 222 mln so‘m bo‘lishini ma’lum qilgandi, ammo yakunda bu model aytilganidan 10 million qimmat – 232 mln so‘mdan sotuvga chiqarildi.

O‘tgan oy «O‘zavtosanoat» AJ raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov UzAuto Motors kompaniyasi Spark va Nexia avtomobillarini zarariga ishlab chiqarishi, ularning zarini kompaniya qimmat modellarini sotish orqali qoplashini aytgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 130
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 135
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 180
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 137
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 201
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 1
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 0
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 0
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 81
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 57
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 21
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 23
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 160
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 206
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 287
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Bo‘limlar