“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 10:12
ЎЗO‘Z

«Emlashdan so‘ng 71 nafar fuqaroda nojo‘ya ta’sirlar kuzatildi» — Nurmat Otabekov

08 apr, 08:00 2 988 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Emlashdan so‘ng 71 nafar fuqaroda nojo‘ya ta’sirlar kuzatildi» — Nurmat Otabekov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov 7 aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda koronavirusga qarshi emlanganlarda qanday nojo‘ya ta’sirlar kuzatilayotganini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi kunga qadar umumiy emlanganlar orasida yengil darajadagi nojo‘ya ta’sirlar 71 holatda qayd etildi. Bular qanday nojo‘ya ta’sirlar:
- 45,7 foizida tana haroratining 37,5 darajadan oshishi;
- 21,2 foizida tanada og‘riq;
- 14,1 foizida emlagan joyda qichishish;
- 11,2 foizida yengil bosh og‘rig‘i;
- 6,1 foizida emlangan joyda og‘riqning paydo bo‘lishi;
- 2,7 foizida asabiylashish, holsizlanish, qo‘rqish kabi belgilar.
Uning qayd etishicha, shu vaqtgacha emlangan fuqarolarda jiddiy asoratlar kuzatilmagan.

Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, 6 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 49 602 fuqaro emlangan, ularning 29 860 nafari AstraZeneca vaksinasi bilan, qolgan 19 742 nafari ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlangan.

Shuningdek, Otabekov koronavirus hali ham yoshlar orasida keng tarqalganligini tasdiqladi. Masalan, 6 aprelda 206 ta holat qayd etilgan, shulardan 54 tasi (26,2 foiz) 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanadi. Biroq ushbu ko‘rsatkich Sog‘liqni saqlash vazirligining statistikasidan farq qiladi. Vazirlikning statistikasiga ko‘ra, seshanba kuni koronavirusga chalinish bo‘yicha 192 ta holat qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlandi. Emlash dastlab qariyalar, sog‘liqni saqlash xodimlari, OAV vakillarida ko‘ngilli tarzda o‘tkaziladi. 6 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi jami emlanganlar soni 49 602 nafarga yetdi. Ular AstraZeneca va O‘zbekiston—Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlanmoqda. O‘zbekistonda to‘liq emlash kursini tamomlagan fuqarolarga QR-kodli sertifikat beriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 98
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 212
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 54
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 276
  • So'nggi yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 16
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 97
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 64
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 41
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 67
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 42
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 105
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 358
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 548
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 454
  • Bo‘limlar