“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 12:00
ЎЗO‘Z

Bevaqt o‘lim xavfini yuzga keltiruvchi uglevodlarga boy 5 mahsulot

06 apr, 23:00 2 451 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bevaqt o‘lim xavfini yuzga keltiruvchi uglevodlarga boy 5 mahsulot Organizm yaxshi ishlashi uchun uglevodlar, albatta, kerak, ularsiz tanadagi ko‘plab jarayonlar tartibi buziladi, lekin ularga qaram bo‘lgan odamlar esa haqiqatan ham hayotini xavf ostiga qo‘yadilar.

5000 dan ortiq odam ishtirok etgan tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki, uglevodlarni juda ko‘p iste’mol qilganlarda (kunlik ovqatlanishning 60 foizidan ko‘prog‘i) keyingi yetti yil ichida yurak xuruji yoki qon tomirlari tufayli o‘lim xavfi 30 foizga oshgan. Shunga ko‘ra bevaqt o‘lim xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkin bo‘lgan uglevodlarga boy mahsulotlar ro‘yxati tuzildi.

Mevali sharbatlar

Foto: «Domashniy ochag»
Bir yil davomida kuniga atigi ikki stakan ichilgan sharbat yurak xastaligi xavfini deyarli 150 foizga oshiradi. Gap shundaki, mevali sharbatlar tarkibida shakar juda ko‘p bo‘lib, kletchatka mavjud emas. Sharbat ichganingizda qondagi qand miqdori bir zumda ko‘tariladi va shunchalik tez tushadi. Bu esa organizm uchun xavfli bo‘lib, endokrin tizimini zararlashi va yurak faoliyatiga yomon ta’sir qilishi mumkin. Eng ma’quli, sharbat o‘rniga suv iching, mevalarni esa shundayligicha tishlab yeyavering.

Shirin ichimliklar

Foto: «Domashniy ochag»
Bunday mahsulotlar tarkibida uglevod va «bo‘sh» kaloriyalar ko‘p bo‘lib, bundan tashqari, deyarli barcha turdagi ichimliklar qondagi qand miqdorini oshiradi. Shirin ichimliklardan doimiy ravishda foydalanish semirish xavfini oshiradi, bu esa yurak va qon tomirlari faoliyatini buzadi, gipertoniya va diabet kasalligini qo‘zg‘atadi.

Oq guruch va makaron mahsulotlari

Foto: «Domashniy ochag»
Nima uchun «qayta ishlangan» uglevodlar zararli? Chunki ularda deyarli hech qanday kletchatka yo‘q. Bu esa qondagi glyukoza miqdorini normal ushlab turishga yordam beradi va qand miqdorining ko‘payishidan himoya qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini tanlashda kletchatka tarkibiga e’tibor berishni unutmang.

Quruq nonushta va yormalar

Foto: «Domashniy ochag»
Boshoqli o‘simliklarga qancha ko‘p ishlov berilsa, mahsulot tarkibida kletchatka shuncha kam bo‘ladi va «bo‘sh» kaloriyalar ko‘payadi. Yarimtayyor yormali bo‘tqa organizmga hech qanday foyda keltirmaydi, ammo zarari katta bo‘lishi mumkin. Avval aytilganidek, mahsulot tarkibidagi kletchatka miqdoriga e’tibor bering va u yetarlicha yuqori bo‘lgan mahsulotlarni tanlang.

Donli batonlar

Foto: «Domashniy ochag»
Hayron qoldingizmi? Ammo, afsuski, shunday: tayyor donli batonlar sog‘lig‘imizga yordam berishdan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi: ularning deyarli barchasi tarkibida shakar siropi, shakar yoki fruktoza va shokolad pastasi bor. Ularda kakao juda oz, ammo juda ko‘p «bo‘sh» kaloriya mavjud.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 181
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 281
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 155
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 278
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 145
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 170
  • So'nggi yangiliklar
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 0
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 0
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 1
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 19
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 11
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 54
  • Ukraina ma’muriyati may oyida frontdagi vaziyat yomonlashishidan ogohlantirdi 23 apr, 08:30 52
  • Germaniya va Britaniyada Xitoy uchun josuslik qilgan shaxslar hibsga olindi 23 apr, 08:10 22
  • “Inter” derbida “Milan”ni mag‘lub etib, Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi 23 apr, 08:05 19
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi 23 apr, 07:59 83
  • NATO, Rossiya, Ukraina, Xitoy harbiy maqsadlarda 2023 yilda qancha sarfladi? 23 apr, 00:23 129
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 297
  • Bo‘limlar