“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 16:10
ЎЗO‘Z

Surxondaryo prokuraturasi eri va qaynukasi tomonidan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlanganini aytgan ayolning murojaatiga munosabat bildirdi

06 apr, 15:05 5 830 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Surxondaryo prokuraturasi eri va qaynukasi tomonidan jinsiy aloqada bo‘lishga majburlanganini aytgan ayolning murojaatiga munosabat bildirdi Surxondaryo viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Z.Xolmurodovaning turmush o‘rtog‘i va qaynukasining harakatidan norozi bo‘lib, yo‘llagan videomurojaatiga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, P.Ergashev yangasi Z.Xolmurodovani haqorat qilgani va unga yengil tan jarohati yetkazgani yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman sudining 2021 yil 12 fevraldagi qaroriga ko‘ra, P.Ergashevga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-modddasi (haqorat qilish) hamda 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) 2-qismi bilan jarima jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, fuqaro Z.Xolmurodovaning murojaatida bayon qilingan turmush o‘rtog‘i Ch.Normatov va qaynukasi P.Ergashev tomonidan zo‘rlik ishlatib, doimiy ravishda jinsiy aloqada bo‘lgani holati yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilgan.

Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, murojaatda bayon qilingan holatlarda biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmagani sabab 30 martda Jinoyat-protsessual kodeksning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Shu bilan birga, Z.Xolmurodova va Ch.Normatovni sha’riy nikohlagan X.T.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 240-moddasi (diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) 1-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun 30 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 12
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 12
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 190
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 40
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 155
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 25
  • Bo‘limlar