“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 18:50
ЎЗO‘Z

Avtokredit bozorida pasayish kuzatilmoqda

05 apr, 15:33 4 240 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtokredit bozorida pasayish kuzatilmoqda O‘zavtomotors avtomobillari uchun kontraktatsiya qaytadan ochilgandan keyin o‘tgan davrda kuzatuvlar shuni qayd etmoqdaki, tijorat banklarida avtokredit mahsulotlariga buyurtmalar tobora kamayib, susayib bormoqda, — deb yozadi bankiroff kanali.

Izohlanishicha, avtokreditga talabning pasayib borayotgani mavsumiy omillar yoki foizlar bilan bog‘liq emas. Masalan, mart va yanvar oyida avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan stavkalar va takliflar deyarli o‘zgarishsiz qolgan (fevral oyi kontraktatsiya deyarli yopiq bo‘lgan). Lekin yanvarga nisbatan mart oyida avtokreditlarga buyurtmalar sezilarli darajada kamaygan.

Qayd etilishicha, talab kamayishining sababi shartnomalarda avtomashinalarni yetkazib berish bilan bog‘liq muddatlarga taaluqli. Xabaringiz bor, mart oyidan boshlab, O‘zavtomotors avtomashinalari uchun 3, 6 va hatto 9 oygacha muddatlarda yetkazib berish shartlarida shartnomalar tuzilmoqda.

«Potensial qarzdorlar shuncha muddat davomida, avtomashinani qo‘lga kiritmay turib, avtokreditlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishni o‘zlari uchun ma’qul deb bilmayotgani tushunarli albatta.

Tijorat banklari bunday vaziyatda qanday choralarni ko‘rishni boshlaydi, hozircha bir narsa deyish qiyin. Uzunroq pullarga ega kamsonli banklar balki avtomashina yetkazib berish muddatiga mutanosib ravishda imtiyozli davr belgilash choralariga o‘tishlari ham mumkin. Ko‘pchilik banklar esa daromadli operatsiyalardan voz kechmaslik uchun ikkilamchi bozordan avtomashinalar xarid qilish uchun avtokreditlarni yo‘lga qo‘yishlari yoki bunday mahsulotlar taklifini faollashtirishlarini kutish mumkin bo‘ladi.

Ikkilamchi bozordan avtokreditlarning faollashuvi O‘zavtomotorsning O‘zbekistondagi yagona raqobatchisi bo‘lgan eski avtomashinalar narxlarini oshishiga va albatta monopoliyatning sotuvlari hajmi kamayib borishiga turtki bo‘lishi tabiiy
», — deya xulosa yasaydi mutaxassis.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 359
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 198
  • Ekspertlar: elektromobillar arzonlashib ketadi 03 apr, 08:16 532
  • Avtomobillarni davlat ro‘yxatida o‘tkazish stavkalari oshdi 31 mar, 22:28 645
  • Kimlarga yashil stiker tekshiruvlarsiz beriladi? 30 mar, 19:19 371
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 263
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 0
  • Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega? 19 apr, 17:33 73
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 30
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 28
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 97
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 75
  • Stavropol o‘lkasida harbiy samolyot quladi (video) 19 apr, 15:48 106
  • Tramp: “Ukrainaning omon qolishi AQSH uchun ham muhim” 19 apr, 15:37 154
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 171
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 226
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 87
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 71
  • Bo‘limlar