“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:06
ЎЗO‘Z

O‘zbek tadbirkorlari Afg‘onistondagi konferensiyada 12ta kelishuv imzolashdi

04 apr, 21:30 2 006 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbek tadbirkorlari Afg‘onistondagi konferensiyada 12ta kelishuv imzolashdi 30 mart-3 aprel kunlari Afg‘oniston Islom Respublikasida bo‘lib o‘tgan matchmeyking konferensiyasida o‘zbek tadbirkorlari xorijiy investorlar bilan 6 yo‘nalish bo‘yicha 12ta shartnoma imzolab qaytdi.

Oziq-ovqat, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va yuvish vositalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan 20 nafarga yaqin o‘zbek tadbirkorlari «o‘zbek-afg‘on matchmeyking» konferensiyasida bo‘lib qaytdi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, o‘zbekistonlik tadbirkorlar Afg‘oniston va unga qo‘shni davlatlar, xususan, yarim milliarddan oshiq aholi yashaydigan hudud – Hindiston, Pokiston, Bangladesh kabi davlatlarga chiqish imkonini beruvchi 12ta shartnoma imzoladi.

«Biz Afg‘onistonga olib keladigan narsalar, asosan, yo‘l qurilish texnikalari. «O‘zbek-afg‘on matchmeyking» konferensiyasida Kobulda yo‘l va binolar qurish uchun zaruriy qurilish texnikalarini afg‘on quruvchilariga taklif etdik. Ushbu konferensiyada 20dan oshiq o‘zbek tadbirkorlari o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqda. Bunday ko‘rgazmalar Afg‘onistonda ikkinchi bor o‘tkazilishi, avval Mozori Sharif shahrida ham tashkil qilingan edi», deydi o‘zbekistonlik tadbirkor Ahliddin Ahmadjonov.

Xabar qilinishicha, dastur davomida O‘zbekistonning Afg‘onistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov delegatsiya a’zolari bilan uchrashib, mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidlagan.

Loyiha O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi hamda Biznesni rivojlantirish uyushmasi tomonidan tashkil etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 147
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 114
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 73
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 211
  • Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi 13 apr, 17:27 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 94
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 125
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 205
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 99
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 123
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 149
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 164
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 218
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • Bo‘limlar