“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2024, 01:19
ЎЗO‘Z

Ozdiradi, qon bosimini tushiradi: Gulkaramni kanda qilmaslik uchun 5 sabab

01 apr, 15:44 2 957 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozdiradi, qon bosimini tushiradi: Gulkaramni kanda qilmaslik uchun 5 sabab Foto: Harper’s Bazaar
Uglevod, kletchatka, antioksidant, vitamin, kaliy, shuningdek, kalsiy va temirning koni hisoblangan gulkaramni iste’mol qilish uchun sabablar va uni to‘g‘ri tayyorlash usuli haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Qanday foydasi bor?

Yallig‘lanish jarayonlarini to‘xtatadi
Gulkaram tarkibidagi antioksidantlar hujayra devorlarini mustahkamlab, uni shikastlanishlardan saqlash bilan birga, oksidlanish jarayonlarini ham oldini oladi. Bu immunitetni sustlashishi va surunkali kasalliklar kelib chiqish xavfini kamaytiradi.

Arterial qon bosimni nazorat qiladi
Gulkaram tarkibidagi sulforafan, qon bosimini me’yorlashtirib, yurak qon-tomir kasalliklarini oldini oladi.

Suyaklarni mustahkamlaydi
Suyaklarning mustahkamligi uchun javob beradigan K vitaminiga boy ushbu mahsulot qon quyilishi hamda qon tomirlarni elastikligini yaxshilaydi.

Immunitetni mustahkamlaydi
Gulkaramning bir porsiyasida C vitaminining kunlik me’yori mujassam bo‘ladi. Ushbu vitamin organizmni viruslarga chidamliligini oshiradi, yallig‘lanish jarayonlarini oldini olib, organizmda antitanachalar ishlab chiqarilishini jadallashtiradi.

Vazn kamayishiga hissa qo‘shadi
Aksariyat sabzavotlar singari uglevodning koni sanalgan gulkaram kletchatka va vitaminlarga boy ekani sabab ham vazn tashlamoqchi bo‘lganlar uchun ayni muddao sanaladi. Aynan shu sabab ham parhezshunoslar kaloriyasi kam bo‘lgan mazkur mahsulotni kanda qilmaslikni, makaron va guruch o‘rniga iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Qanday tayyorlash kerak?
Gulkaramdan pyure tayyorlash mumkin. Buning uchun unga murch va ziravorlar, shuningdek, zaytun yog‘i qo‘shib bug‘da dimlab pishirish kerak.

Pyureni uncha yoqtirmaydigan bo‘lsangiz, gulkaramni bir-ikki qoshiq o‘simlik yoki zaytun yog‘ida qovuring. Ustini ko‘katlar bilan bezang. Glikemik ko‘rsatkichi past bo‘lgani uchun ham bunday taom kechki ovqat uchun ayni muddao bo‘ladi.

Bundan tashqari gulkaramdan pitssaning xamirini ham tayyorlasa bo‘ladi. Buning uchun uni pyure holiga keltirib, tuz va tuxum qo‘shing. 6-8 daqiqaga pechga qo‘ying. Ustidan istalgan nachinka soling va yana 20 daqiqa pishirib oling. Qolaversa, sabzavotli smuzi uchun ham gulkaramdan yaxshisi bo‘lmaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 37
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 16 apr, 18:17 52
  • Hayotda pand bermaydigan 16 ta murakkab, ammo o‘ta muhim ko‘nikmalar 15 apr, 13:22 215
  • Tarozida o‘zgarish yo‘q: ozishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar 12 apr, 10:29 126
  • Uzoq umr ko‘rish uchun eng foydali sabzavot qaysiligini bilasizmi? 09 apr, 10:27 372
  • Qaysi mahsulotlar umrni uzaytiradi? 06 apr, 16:46 290
  • So'nggi yangiliklar
  • Iordaniyada Eron hujumi paytida urib tushirilgan raketalar internetda sotuvga qo‘yildi 17 apr, 00:39 0
  • Ispanlar Fayzullayevga e’tibor qaratdi... 17 apr, 00:30 0
  • Mashhur jarroh Timur Haydarov klinikasida tintuv o‘tkazildi, jinoyat ishi ochildi 17 apr, 00:23 1
  • SSKA Abbosbek Fayzullayev gol urgan o‘yinda “Baltika”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 17 apr, 00:04 0
  • Nyu-Yorkda Donald Tramp ustidan jinoiy sud jarayoni boshlandi 16 apr, 23:59 2
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 21
  • Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi 16 apr, 22:45 70
  • 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi 16 apr, 22:16 65
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 51
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 37
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 110
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 211
  • Bo‘limlar