“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:24
ЎЗO‘Z

Ohangaronda 4-sektor investitsiya dasturiga ko‘ra 33 ta loyiha amalga oshiriladi

25 mar, 19:33 2 297 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ohangaronda 4-sektor investitsiya dasturiga ko‘ra 33 ta loyiha amalga oshiriladi Toshkent viloyatida yoshlar muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash yuzasidan amaliyotga keng tatbiq etib kelinayotgan yangi g‘oyalar, bir qator tashabbus va loyihalar yuqori samara bermoqda. Buni birgina Ohangaron shahri misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Ohangaron shahrida bugungi kunda jami 2 423 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ulardan 1 531 nafari ya’ni 63,18 foizi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

Tuzilgan “Manzilli reja” va “Yo‘l xaritasi” loyihalariga ko‘ra 2021 yilda hududdagi ishsiz yoshlarning 58 nafarini ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Joriy yilning hozirgi davriga qadar esa Ohangaron shahar 4-sektor rahbari hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida 10 nafar yigit–qizlarning bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, 2 nafar ishsiz yoshlarga tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yishlari uchun tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar olishga ko‘maklashildi.

Bundan tashqari, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarda motivatsiya uyg‘otib, kasbiy ko‘nikmalar shakllantirish, psixologik, huquqiy, tibbiy va moliyaviy ko‘mak berish uchun maslahat markazlari tashkil etildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bugungi kungacha 2 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga ijtimoiy ko‘mak berilib, ularning bandligi ta’minlandi.

- 4-sektor rahbari ko‘magida “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilganman, -deydi, Ohangaron shahar Qo‘rg‘on mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Sanobar Abduhakimova. Joriy yil sektor rahbari A.Mo‘minov tomonidan chorvachilik qilishimiz uchun tijorat banklaridan imtiyozli kredit olishimizga ko‘maklashildi. Ushbu kredit mablag‘lari evaziga hozirda 2 ta qora mol olib, boqyapmiz. Bundan tashqari bugun 4-sektor xodimlari tomonidan oilamizga elektr pech sovg‘a qilindi. Endilikda ushbu pech yordamida uyda turli shirinliklar tayyorlab, ro‘zg‘orimizga daromad olib kiramiz.

- Ayol mehnat bilan band bo‘lsa, avvalo, oilasining ijtimoiy-iqtisodiy ta’minotiga munosib hissa qo‘shadi, jamiyatga ham foydasi tegadi-deydi, Ohangaron shahar DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari Anvar Mo‘minov. Shu bois xotin-qizlarni kasbga yo‘naltirish, ishga joylashtirish, faol mehnat qilishiga sharoit yaratib berishga katta e’tibor qaratyapmiz.

Joriy yil sektirimizga investitsiya dasturiga binoan umumiy qiymati 2,3 trln so‘mga teng bo‘lgan 33 ta loyihalarni amalga oshirib, 2 043 nafar yangi ish o‘rinlarni yaratishni rejalashtirganmiz.

Muxtasar aytganda, bugun Ohanganron shahrida yoshlar va ayollarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash uchun 4-sektor rahbaritomonidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda. Bu esa aholining real daromadlarini oshirib, farovonligini ta’minlashga xizmat qilayotganligi bilan yanada ahamiyatlidir.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 191
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 118
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 109
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 73
  • Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 15 apr, 19:30 211
  • Kuvayt O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga sarmoya kiritmoqchi 13 apr, 17:27 66
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 6
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 12
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 84
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 153
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 41
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 192
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 211
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 322
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 394
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 131
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 190
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 198
  • Bo‘limlar