“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2024, 00:01
ЎЗO‘Z

Bolgariyada ikki nafar rossiyalik diplomat josuslikda gumon qilinib, Rossiyaga qaytarib yuborildi

23 mar, 11:00 1 429 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bolgariyada ikki nafar rossiyalik diplomat josuslikda gumon qilinib, Rossiyaga qaytarib yuborildi Foto: AP Photo
Bolgariya Tashqi ishlar vazirligi rossiyalik ikki nafar diplomatni persona non grata deb e’lon qildi va ularga mamlakatdan chiqib ketishlari uchun 72 soat vaqt berdi. Bu haqda vazirlik axborotiga asoslanib bTV xabar tarqatgan.

Avvalroq Bolgariya prokuraturasi ikki nafar rossiyalik diplomatning josuslik faoliyati bilan shug‘ullangani va diplomatik maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni qilganini ma’lum qilgandi.

Sofiyadagi Rossiya elchixonasi Bolgariya hukumatining navbatdagi asoslanmagan harakati Rossiya—Bolgariya o‘rtasidagi konstruktiv muloqotga xizmat qilmasligini qayd etgan. Elchixona Rossiya mazkur harakatlarga nisbatan javob qaytarish huquqiga ega ekanligini eslatib o‘tgan.

19 mart kuni Bolgariya prokuraturasi mahalliy amaldorlardan iborat guruhning qo‘lga olingani, ular Rossiya manfaatini ko‘zlab, josuslik bilan shug‘ullanganlikda gumonlanayotgani haqida xabar bergan. Hibsga olinganlar orasida rossiyaliklar bo‘lmagan.

2019 yil oktabr oyidan beri Bolgariya jami sakkiz nafar rossiyalik diplomatni ortga qaytargan (22 mart kuni persona non grata bo‘lgan ikki diplomatni ham qo‘shib hisoblagandi). Qaytarilganlarning hammasi josuslik faoliyatini olib borganlikda gumon qilingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nyu-Yorkda Donald Tramp ustidan jinoiy sud jarayoni boshlandi 16 apr, 23:59 2
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 51
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 451
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 152
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 44
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 494
  • So'nggi yangiliklar
  • Nyu-Yorkda Donald Tramp ustidan jinoiy sud jarayoni boshlandi 16 apr, 23:59 2
  • Soch to‘kilishini bartaraf etadigan 8 ta mahsulot 16 apr, 23:07 21
  • Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi pora olayotganda ushlandi 16 apr, 22:45 70
  • 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi 16 apr, 22:16 65
  • Eron-Isroil mojarosi: siyosatshunoslar qanday fikrda? 16 apr, 21:50 51
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 37
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 110
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 211
  • Malayziya bosh murabbiyi: "O‘zbekistonni yutish uchun eng zo‘r o‘yinimizni namoyish etishimiz shart" 16 apr, 20:20 88
  • U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi" 16 apr, 19:56 99
  • Shomurodovning oxirgi goli jamoadoshini rekordchiga aylantirdi 16 apr, 19:40 269
  • "Andijon"ning toza goli inobatga olinmagan, "Nasaf" tepgan penalti noto‘g‘ri, lekin ... 16 apr, 19:13 198
  • Bo‘limlar