“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 18:00
ЎЗO‘Z

Turkiya Prezidenti O‘zbekiston xalqi va Prezidentini tabrikladi

22 mar, 19:19 1 353 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiya Prezidenti O‘zbekiston xalqi va Prezidentini tabrikladi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqini tabrikladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Muhtaram Prezident janoblari, aziz qardoshim!

Ildizi uzoq asrlarga borib taqaluvchi mushtarak an’analarimizdan biri bo‘lgan, bahor va yangi boshlanish suyunchisini keltiruvchi, qardoshlik, tinchlik, birlik va birdamlik timsoli bo‘lmish Navro‘z bayrami munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini va do‘st, qardosh O‘zbekiston xalqini turk xalqi va shaxsan o‘z nomimdan chin dildan muborakbod etaman.

Tabiat uyg‘onishi orqali qalblarda o‘zaro anglashuvni, muloqotni, hamjihatlikni mustahkamlovchi Navro‘z bayrami har yili bo‘lgani kabi bu yil ham Bolqonlardan tortib O‘rta Sharqqacha, Anado‘ludan Markaziy Osiyogacha bo‘lgan keng qamrovli mintaqada jo‘shqin ravishda nishonlanadi.

SOVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq ushbu murakkab davrda Navro‘z bayrami nafaqat mamlakatlarimiz va mintaqamizga, balki butun bashariyatga sihat-salomatlik, halovat va tinchlik olib kelishini tilayman.

Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga sog‘lik, baxt va muvaffaqiyat, do‘st va qardosh O‘zbekiston xalqiga farovonlik va omonlik tilab qolaman
, deydi Turkiya Prezidenti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 29
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 58
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 23
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 26
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 92
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 302
  • So'nggi yangiliklar
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 0
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 14
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 35
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 80
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 29
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 59
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 89
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 122
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 58
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 100
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 75
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 56
  • Bo‘limlar