“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 19:14
ЎЗO‘Z

Qizi va yigit o‘rtasidagi munosabatlarni sir saqlash uchun yigitning otasidan pul talab qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

18 mar, 23:28 2 478 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qizi va yigit o‘rtasidagi munosabatlarni sir saqlash uchun yigitning otasidan pul talab qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi Toshkentda qizi va yigit o‘rtasidagi sir saqlanishi lozim bo‘lgan munosabatlarni oshkor qilmaslik evaziga yigitning otasidan tovlamachilik yo‘li bilan pul olgan ayol ushlandi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 46 yoshli fuqaro Sh.U. Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 45 yoshli ayol Z.A. qizi M.R. bilan uning o‘g‘li D.U. o‘rtasidagi sir saqlanishi lozim bo‘lgan munosabatlarni oshkor qilmasligi evaziga pul talab qilganini ma’lum qilgan.

Yigitning otasining aytishicha, buning uchun 600 dollar talab qilgan ayolga 480 dollar va 1 million 50 ming so‘m bergan. Ammo olgan pullarni kam deb topgan ayol yana 500 dollar talab qilgan.

15 mart kuni soat 13:00 larda Chilonzor tumani «Chilonzor» metro bekati oldida Z.A. qizi M.R. bilan bu pullarni Sh.U.dan olayotgan vaqtlarida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan ayol va uning qiziga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, tovlamachilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 123
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 58
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 116
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 0
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 2
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 0
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 20
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Bo‘limlar