“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 13:19
ЎЗO‘Z

Yo‘llarda qoidabuzarlikni aniqlovchi kameralar o‘rnatilishida hisobga olish kerak bo‘lgan jihatlar sanaldi

18 mar, 20:30 2 527 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yo‘llarda qoidabuzarlikni aniqlovchi kameralar o‘rnatilishida hisobga olish kerak bo‘lgan jihatlar sanaldi 2021 yil 1 martdan boshlab yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, shu maqsadda Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

«Yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan ushbu choralarga nisbatan jamoatchilik tomonidan turli nuqtayi nazarlar bildirilmoqda. Bunda fuqarolarning fikrlarini umumlashtirgan holda ularni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh tomonidan mazkur choralar so‘zsiz yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, eng muhimi, byudjet harajatlarining optimallashishi va ijobiy haydovchilik madaniyati shakllanishiga sabab bo‘lishini ta’kidlasalar, ikkinchi guruh tomonidan ayrim hollarda zarur yo‘l infratuzilmasining mavjud emasligi bois yoki zarurat yuzasidan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilishi va buning uchun jarimaga tortish adolatsizlik ekanligini bildirishmoqda.

Aytish joizki, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda xususiy sektorning jalb etilishi orqali soliq to‘lovchilar hisobidan kuzatuv vositalarini xarid qilish, o‘rnatish va saqlash xarajatlari qisqartirilib, bu boradagi davlat xizmatchilarining soni va faoliyatini optimallashtirish imkonini beradi.

Shuningdek, qoidabuzarliklarning avtomatik ravishda qayd etilishi turli korrupsiyaviy holatlarga barham bergan holda ularning soni keskin qisqarishiga olib keladi. Eng muhimi, jamiyatda xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda samarali tizim shakllanadi. Shu o‘rinda 2020 yil davomida respublikada 6982ta yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgani, oqibatda 1962 nafar inson vafot etganligini qayd etish lozim.

Shu bilan birgalikda, «Yuksalish» umummilliy harakatiga fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili bu borada asosli e’tirozlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Jumladan, yo‘l infratuzilmasining talab darajasida emasligi haydovchilar tomonidan noixtiyoriy ravishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda, shuningdek, aholi gavjum nuqtalar, bozorlar va savdo komplekslari atrofida avtoturargohlar mavjud emasligi yoki yetarli emasligi hamda mavjud pullik avtoturargohlarga belgilangan narxlar yuqoriligi to‘xtash va to‘xtab turish qoidalari buzilishiga olib kelmoqda
», deyiladi «Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati xabarida.

«Yuksalish» umummilliy harakati ishlab chiqilgan qonun hujjatlari tahlili hamda jamoatchilik fikriga tayangan holda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish va zarur hollarda qonun hujjatlarida nazarda tutish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi:

«Yuksalish» umummilliy harakati ko‘zda tutilgan yangi tartib faqatgina yo‘l harakati standartlari talablariga to‘liq javob beruvchi nuqtalarda joriy qilinishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, mazkur tartibni joriy qilish borasida keng jamoatchilikka tushuntirish berish va faol muloqot olib borish ham foydadan xoli emas», deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 154
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 151
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 204
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 203
  • So'nggi yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 0
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 83
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 40
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 234
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bo‘limlar