“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 19:19
ЎЗO‘Z

«O‘zgidromet» dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

12 mar, 18:09 3 476 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zgidromet» dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi «O‘zgidromet»ning ma’lum qilishicha, Respublikaning shimoliy hududlarida 12 mart kuni kechasi Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda qor yog‘adi, shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kuzatiladi, ayrim joylarda shamol kuchayishi 23-28 metr/sekundgacha yetadi. Havo harorati kunduzi 2-7 daraja iliqdan oshmaydi.

O‘zbekistonning qolgan hududlarida bahoriy iliq ob-havo saqlanib turadi, kunning o‘rtasiga kelib, havo harorati 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi, bu me’yordan 3-5 darajaga yuqori. Faqat janubi-g‘arbiy hududlarga Eron hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

13 mart kuni nam havo massalari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublika hududlarining ko‘p qismida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Farg‘ona vodiysida faqat kechki soatlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduz kuni 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Shimoliy hududlar sovuq havo ta’siri ostida bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonning ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin, Xorazm viloyatida qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Harorat shimoliy hududlarda 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi.

14 mart kuni respublikaning barcha hududlari sovuq antisiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Markaziy va sharqiy tumanlarda, asosan, qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat kechasi va ertalabki soatlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam. Havo harorati kechasi va kunduz kuni 2 daraja sovuq, -3 daraja iliq; shimolda kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduz kuni 2-7 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Respublika hududining ko‘p qismida 12—14 mart kunlari shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

15 mart kechasi sovuq antisiklon ta’siri kuchayadi, havo harorati 2-7 daraja sovuqqacha pasayadi. Kunduz kuni esa harorat ko‘tarila boshlaydi va 3-8 daraja iliqni tashkil etadi. Bu mart oyi o‘rtasi uchun me’yoriy qiymatlardan 8-10 darajaga past.

Qayd etilishicha, qor yog‘ishi va past harorat respublika yo‘llarida yaxmalak hosil bo‘lishiga olib kelishi, tog‘larda qor ko‘chkilari tushishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 227
  • O‘zbekistonda necha turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi? 27 mar, 11:00 57
  • O‘zbekiston bo‘yicha 25-29 mart kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? 25 mar, 14:50 235
  • Davlat organlari uchun halollik milliy standarti ishlab chiqiladi 25 mar, 10:50 57
  • Ertaga O‘zbekistonda harorat 30 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda 24 mar, 11:59 76
  • 24 mart kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 23 mar, 13:19 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Great Silk Way-2024 xalqaro turniri. Bokschilarimiz yana tengsiz! 29 mar, 18:53 0
  • Kanada maktablari ijtimoiy media gigantlarini sudga berdi 29 mar, 18:28 0
  • Aprel oyida qanday ob-havo kutilyapti? 29 mar, 18:13 0
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 103
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 175
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Bo‘limlar