“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2021, 02:25
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev urush va mehnat faxriylarini borib ko‘rdi (foto, video)

06 mar, 23:47 796 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev urush va mehnat faxriylarini borib ko‘rdi (foto, video) Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 mart kuni Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatini borib ko‘rdi. Yotoqxona va davolash xonalarida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. Davlat rahbari muassasada yashayotgan faxriylar bilan suhbatlashdi.

«Bu yerga kelib, Vatanimiz uchun ko‘p mehnat qilgan sizdek mo‘’tabar insonlar bilan uchrashib turganimdan juda xursandman. Fursatdan foydalanib, bu yerdagi aziz onaxonlarimizni, shifokor ayollarimizni yaqinlashib kelayotgan 8 mart bayrami bilan tabriklayman», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Nuroniylar davlat rahbariga tashrifi, keksa avlodga e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi.

Urush va mehnat faxriylari pansionatida 138 nuroniy davlat ta’minotiga olingan. Prezident bu yerda madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun yangi bino hamda pansionatga tutash 3 gektar maydonda Nuroniylar parkini barpo etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berdi.

Videokonferensiya tarzida o‘tgan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston va viloyatlar, ijtimoiy muassasalar rahbarlari ham ishtirok etdi. Mamlakatdagi «Saxovat» va «Muruvvat» uylaridagi sharoitlarni, tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

«Bugun boshqacha uchrashuv bo‘ladi. Faqat bu pansionat emas, mamlakatimizdagi barcha 34 ta ‘Saxovat’ va ‘Muruvvat’ uyini yaxshilash choralarini kelishib olamiz. Ularda jami 9 ming 700 o‘rin mavjud bo‘lib, hozirda 8 ming 840 nafar nuroniylarimiz yashab, davolanyapti. Lekin bu uylarga hech kim kirmagan, faqat bayramlardagina eslangan, tartib, e’tibor bo‘lmagan. Bunday insonlar mehr izlaydi, e’tibor izlaydi. Ularning duosini olsak, yurtimizga baraka yog‘iladi», – dedi Prezident.

Shu maqsadda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligini Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. Sharoiti og‘ir muassasalarda qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish, tibbiy uskunalarni yangilash, zamonaviy fizioterapiya bo‘limlari tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

«Avvalgi me’yorlarni qayta ko‘rib chiqib, bu joylarda yashayotgan fuqarolarimizning dorilarini ko‘paytirish, ovqatlari sifatini o‘zgartirish, taom tayyorlashda autsorsing tizimini yo‘lga qo‘yish kerak. Ularning holidan xabar olib turish uchun yaqin atrofdagi shifoxonalar, maktablarni biriktirish ham mumkin. Bu ham e’tibor, mehr-oqibat. Bemor insonlarga e’tiborni kuchaytirsak, yanayam sog‘ayadi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Barcha muassasalarga avtobus sovg‘a qilib, mamlakatning diqqatga sazovor joylari va ziyoratgohlarga sayohatlarini uyushtirish, konsert dasturlari, havaskorlik to‘garaklari tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasiga «Saxovat» uylaridagi barcha nuroniylarni har yili bir marta yurtimizning eng yaxshi sanatoriylarida sog‘lomlashtirish vazifasi topshirildi.

Davlat rahbari «Saxovat» va «Muruvvat» uylari xodimlarining fidoyiligini, mehribonligini alohida ta’kidlab, ularning oylik ish haqlarini oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev jurnalistlarga: «Qo‘rqmanglar, ortingizda prezident bor» 04 fev, 17:30
  • «Odamlar prokurorlarga o‘g‘riga qaragandek qaramasligi kerak» — Shavkat Mirziyoyev 25 yanv, 11:26
  • «Qaysi tilda gapirsang ham mayli, ‘podvodit’ qilmasang bo‘ldi» - Shavkat Mirziyoyev 25 yanv, 10:56
  • «Hotamovlar oilasi prezident uyga poyabzalini yechib kirishini ular mutlaqo kutmagandi» 25 yanv, 09:55
  • Nursulton Nazarboyevning O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi (video) 21 mar, 23:53
  • Shavkat Mirziyoyev: “Odamlarni uyg‘otish kerak” (video) 05 mar, 11:12
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya va Belarus davlat to‘ntarishining oldi olingani haqida xabar berdi 19 apr, 00:30 195
  • Misrda relsdan chiqib ketgan poyezd fojiaga sabab bo‘ldi (video) 19 apr, 00:01 253
  • Imtihonda muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilish kerak? 19 apr, 00:01 113
  • “Tramadol”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 18 apr, 23:36 384
  • Parfyumeriya mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi 18 apr, 23:13 446
  • "Jenoa" bosh murabbiyi "Milan"ga boy berilgan o‘yin haqida nimalar dedi? 18 apr, 22:48 909
  • Och qoringa iste’mol qilish xavfli bo‘lgan mahsulotlarni bilasizmi? 18 apr, 22:13 1 116
  • Fuqaroga 55,5 mln. so‘m haqi undirib berildi 18 apr, 21:51 871
  • Gimnastikachi qizlarimiz tarixiy natija qayd etishdi 18 apr, 21:30 1 204
  • O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan o‘rin oldi 18 apr, 21:00 1 350
  • Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlari fosh etildi 18 apr, 20:36 700
  • Yuk mashinalariga yashirilgan mineral o‘g‘itlar fosh bo‘ldi 18 apr, 20:12 678
  • Bo‘limlar