“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 08:44
ЎЗO‘Z

«Mehr-4» operatsiyasi doirasida 24 nafar fuqaro Afg‘onistondan O‘zbekistonga qaytarildi

03 mar, 20:02 675 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Mehr-4» operatsiyasi doirasida 24 nafar fuqaro Afg‘onistondan O‘zbekistonga qaytarildi Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Afg‘oniston va Pokiston hududlarida tashkil etilgan xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga borib qo‘shilib, keyinchalik Afg‘oniston hududiga o‘tgan, shuningdek, ushbu hududda yashagan shaxslarning bir guruhi «Mehr-4» operatsiyasi doirasida O‘zbekistonga olib kelindi.

Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Afg‘onistonning hamkor tashkilotlari ko‘magida olib kelingan 24 nafar shunday shaxslar Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hududida joylashgan «Ayritom» chegara posti orqali kutib olingan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, viloyat hokimiyati, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari ishtirokida Termiz tumanidagi davolash va sog‘lomlashtirish markazi binosiga joylashtirilgan.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati

Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Qayd etilishicha, mazkur davolash va sog‘lomlashtirish markazi barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lib, shay holga keltirilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston rahbariyati «Mehr» insonparvarlik operatsiyasini ilk bor 2019 yil may oyi oxirida amalga oshirgan, o‘shanda 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan, ayollar va bolalar Uzbekistan Airways’ning Suriya poytaxti Damashqdan amalga oshirilgan maxsus reysi bilan O‘zbekistonga olib kelingan edi.

Keyinchalik ushbu operatsiya davomida O‘zbekiston tomoni ma’lum bir qiyinchiliklarga duch kelgani ayon bo‘lgan edi. Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir davlat Suriyadan vatandoshlarni olib qaytish uchun O‘zbekiston samolyotini urib tushirish bilan tahdid qilganini ma’lum qilgan.

2019 yilning oktabr oyida esa Yaqin Sharqdagi mojarolar hududidan o‘zbekistonliklarni qaytarish bo‘yicha ikkinchi maxsus operatsiya amalga oshirilgan. 2020 yilning dekabrida uchinchi maxsus operatsiya amalga oshirilib, Suriyadan 25 nafar ayol va 73 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdan Termizga yuk mashinasida kelgan 8 nafar fuqaro karantinga olindi 04 apr, 19:29
  • Surxondaryo viloyatiga avtomashinalar kirishi vaqtincha to‘xtatildi 26 mar, 17:22
  • Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidan Toshkentga qaytib keldi 01 мая, 18:16
  • Surxondaryo viloyati hokimi ishdan olindi (foto) 02 apr, 16:16
  • Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyat prokurori bo‘ldi 09 noya, 21:57
  • Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari va viloyat prokurori lavozimidan ozod etildi 09 noya, 00:30
  • So'nggi yangiliklar
  • Valijon Rahimov: "Murabbiylarimiz ko‘rsatmasini to‘g‘ri bajarish va kuchli xohish evaziga "Al Hilol"dan ochko olishimiz mumkin" 13 apr, 08:30 0
  • Yevropada yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yettita joy 13 apr, 08:00 0
  • Dafn etilgan erkakni bir kundan keyin qarindoshlari tirik holda topishdi 13 apr, 07:30 431
  • Xush kelding qalbimga, mohi Ramazon! 13 apr, 00:30 697
  • Ro‘za — qorinni och qoldirib, qalbni to‘ydirishdir 13 apr, 00:10 698
  • Xush kelibsan, Ramazon... 12 apr, 23:39 674
  • Diyetolog ovqat miqdorini kamaytirmasdan ozish usuli haqida gapirdi 12 apr, 23:23 674
  • Toshkentda tarovih namozi munosabati bilan har oqshomda qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgaradi 12 apr, 22:57 288
  • Aliment to‘lamagan mirishkorlik ota 15 sutkaga qamaldi 12 apr, 22:43 639
  • Qidiruvdagi shaxs ushlangach 22.8 mln. so‘m aliment pulini to‘ladi 12 apr, 22:33 567
  • Farzand onasi tarbiyasiga olib berildi 12 apr, 22:24 592
  • Muboraklik otadan salkam 12 mln. so"m aliment undirildi 12 apr, 22:22 616
  • Bo‘limlar