“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 23:00
ЎЗO‘Z

Sanjayning «ishi» bo‘yicha sud xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi

03 mar, 15:23 2 451 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sanjayning «ishi» bo‘yicha sud xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi Yaqinda bloger va huquqshunos Zafar Solijonov o‘zining «Telegram»dagi kanalida xonanda Sanjayga (Sanjar Djavberdiyevga) nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid materillarini qabul qilish Navoiy shahar ma’muriy sudi xodimlari tomonidan asossiz paysalga solinayotganiga oid xabar tarqatdi. Mazkur xabar Sudyalar oliy kengashi tomonidan o‘rganildi. Bu haqda kengash matbuot xizmati rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, S. Djavberdiyevga nisbatan MJtKning (Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi) 1771-moddasi (Mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bilan rasmiylashtirilgan ma’muriy ish materiallari 2020 yilning 11 dekabr kuni Navoiy shahar ma’muriy sudiga kelib tushgan.

Biroq huquqbuzarlikda gumonlanayotgan shaxsdan ish holati bo‘yicha to‘liq, javbrlanuvchilardan esa umuman tushuntirish xati olinmagani, shuningdek huquqbuzarlik ashyosi ilova qilinmagani sababli ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun ish hujjatlari 2020 yil 25 dekabr kuni № 2278-20-sonli xat bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish bo‘limiga qaytarilgan.

Shundan so‘ng ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi mazkur ish 2021 yil 19 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudiga kelib tushgan. Ishni sud majlisida ko‘rish 2021 yilning 5 mart kuni davom ettiriladi.

Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish materiallarini qaytarishda protsessual qonun talablari buzilgani ehtimoli hamda hujjatlarni qabul qilishda sansalorlikka yo‘l qo‘yilgan-qo‘yilmaganligi masalasiga aniqlik kiritish uchun materiallar Sudyalar oliy malaka hay’atiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun yuborildi, deyiladi Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Sanjay taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda «Gulbadan», «Atirgulim atringni soch», «Karvon» nomli qo‘shiq va she’rlarni mualliflarning roziligisiz, asar yaxlitligining buzgan holda ijro etgani sababli unga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishliligi bo‘yicha sudga yuborilgani xabar qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 12
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 139
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 65
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 139
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 123
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 9
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 12
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 25
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 49
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 139
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 332
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 113
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 21
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 77
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 142
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 313
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 65
  • Bo‘limlar