“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 10:56
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 80 mingdan oshdi. Kasallanganlar soni aslida bundan ikki-uch barobar ko‘p bo‘lishi mumkin

03 mar, 13:48 2 001 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni rasman 80 mingdan oshdi. Kasallanganlar soni aslida bundan ikki-uch barobar ko‘p bo‘lishi mumkin Foto: bbc.com
O‘zbekistonda COVID-19 kasalligiga chalinganlar soni rasman 80 ming kishidan oshdi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan xabar berishlaricha, 3 mart holatiga ko‘ra, mamlakatda jami 80 006 holatda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq dastlabki rasmiy tasdiqlangan holat 2020 yil 15 mart kuni, shu sanadan bir necha kun avval Fransiyadan qaytgan shifokor ayolda qayd etilgan edi (ayni vaqtda hukumat vakillari kasallik bundan ancha avval kirib kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmaydi).

Rasman tasdiqlangan kasallanish holatlari soni 2020 yil 28 mart kuni 100 dan, 7 aprel kuni 500 dan, 14 aprel kuni 1000 dan, 29 aprel kuni 2 mingdan, 14 iyun kuni 5 mingdan, 5 iyul kuni 10 mingdan, 27 iyul kuni 20 mingdan, 10 avgust kuni 30 mingdan, 26 avgust kuni 40 mingdan, 19 sentabr kuni 50 mingdan, 8 oktabr kuni 60 mingdan, 14 noyabr kuni 70 mingdan oshgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shimcha qilishicha, 3 mart holatiga ko‘ra shu vaqtgacha tasdiqlangan bemorlarning 78 549 nafari (98 foizi) sog‘aygan, kasallik asoratlari oqibatida vafot etganlar soni rasman 622 nafarga yetgan — mamlakatda koronavirus asoratlari oqibatida hozircha oxirgi o‘lim holati 10 fevral kuni qayd etilgan (ma’lumot uchun, SSV statistikasidagi kamida bitta o‘lim holati O‘zbekistonda yuz bermagan; «Daryo» 2020 yil 22 sentabrga qadar yuritgan alohida statistikaga ko‘ra, qurbonlar soni kamida 19 nafarga ko‘p).

O‘zbekiston hukumati koronavirus statistikasiga doir raqamlarni yashirish yoki ularni buzib ko‘rsatishdan manfaatdor emasligini muntazam ta’kidlab keladi, aslida kasallanganlar soni rasmiy statistikadagidan ikki-uch barobarga ko‘p bo‘lishi mumkinligini aynan shu hukumat tuzilmalariga aloqador mas’ullar ham, shu hukumat qoshida tuzilgan Respublika maxsus komissiyasi ham tan olgan, ta’kidlagan.

Iyul oyida karantin tartibi qayta kuchaytirilishi arafasida, 8 iyul kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtab a’zosi Habibulla Oqilov COVID-19’ni yuqtirib olganlar soni rasmiy statistikadagidan ikki-uch barobarga ko‘p bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.

«Kasallanganlar soni kuniga 350 taga ko‘paymoqda degani — bu biz bilgan statistika. Buning orasida hali qancha tahlilga yetib bormagan, lekin aslida kasallangan, simptomsiz yurgan bemorlar soni ikki-uch barobar ko‘proq ham bo‘lishi mumkin. PZR tahlilining javobi chiqishiga ikki-uch kun, hatto bir haftagacha vaqt ketib qolyapti, bu vaqtning ichida esa PZR bormi, yo‘qmi, deb gumonda turgan bemor xalqning ichida yuribdi, kun sayin beshtaga yuqtiryapti, u besh kishi boshqa 25 kishiga yuqtirib, kasallarning soni shu tariqa ko‘payib ketmoqda», — degandi Oqilov.

9 iyul kuni esa Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda kuchaytirilgan karantin tartibi qayta tiklanishi sabablarini izohlarkan, «rasmiy statistika faqat aniqlangan kasallanish holatlarini qayd etayotgani, haqiqiy holat, boshqa mamlakatlardagi kabi, bir necha barobar farqli bo‘lishi mumkin»ligini tan olgan edi. «Sababi hamma bemorlar ham tibbiy yordamga murojaat qilmayapti, simptomsiz bemorlarni esa hisobga olishning imkoni yo‘q», — deyilgandi komissiya murojaatida.

Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori, SSV huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Shuhrat Boymurodov 20 sentabr kuni «O‘zbekiston 24» telekanalining «Studiya 24» dasturidagi chiqishida rasmiy statistikaga faqat rasman murojaat qilib yoki davolash muassasalarida test topshirgan va testining natijasi musbat chiqqan fuqarolargina kiritilganini aytib o‘tgandi.

«Test deyapmiz, bu rasmiy murojaat qilgan yoki davolash muassasalarida test olingan bemorlar soni, lekin test topshirmay, virusni yuqtirib olib, kasallikni o‘zida to‘liq o‘tkazgan fuqarolarimiz ham kam emas... Fuqarolar o‘rtasida savollar shunchalik ko‘p bo‘ldiki, to‘rt-besh marta test topshirgan, ammo har safar test natijasi manfiy chiqqan, shunga qaramay unda kasallikning klinik belgisi bor. Ma’lum bir vaqt, bir yarim oy o‘tgach, u organizmidagi antitanani aniqlash uchun qonidan test topshirsa, natija musbat chiqqan. Ya’ni bu fuqaro kasallikni o‘zida to‘liq o‘tkazgan, degan xulosa berish mumkin. Shu bois bugungi kunda kasallikni boshidan o‘tkazgan fuqarolarimiz ham ko‘p», — degandi ToshTA prorektori Shuhrat Boymurodov.

28 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirgandi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlangandi. Shuningdek «Yuksalish» umummilliy harakati koronavirus bo‘yicha haqiqiy statistikani yashirmaslikka chaqirgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari bo‘yicha, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 34,5 million kishini tashkil etmoqda. Agar rasmiy statistika bo‘yicha O‘zbekistonda 80 006 kishida koronavirus aniqlanganini hisobga olsak, mamlakat aholisining 0,23 foiziga teng (hatto bir foiz ham emas) qismidagina COVID-19 rasman tasdiqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 0
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 85
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 285
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 103
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 239
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 0
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 5
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 61
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 7
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 96
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 16
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 81
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 76
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 110
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 91
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 160
  • Bo‘limlar