“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 05:27
ЎЗO‘Z

Yevroittifoq va AQSH Navalniy ishi yuzasidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Rossiya TIV hamkasblarini olov bilan o‘ynashmaslikka chaqirdi

03 mar, 13:13 2 193 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yevroittifoq va AQSH Navalniy ishi yuzasidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi. Rossiya TIV hamkasblarini olov bilan o‘ynashmaslikka chaqirdi Foto: EPA
Yevroittifoq va AQSH siyosatchi Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat tufayli rossiyalik amaldorlarga qarshi sanksiyalar kiritdi, deb yozadi Meduza.

Yevroittifoq sanksiyalari haqida dastlab Germaniyaning DPA agentligi xabar berdi. Keyinroq Yevroittifoq rasmiy jurnalida ham bu haqda xabar e’lon qilindi.

Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov, Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin, Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov va Jazolarni ijro etish federal xizmati direktori Aleksandr Kalashnikov sanksiyalar ta’siriga uchradi. Ularning Yevroittifoqqa kirishi taqiqlanadi, shuningdek, ularning Yevroittifoq hududidagi aktivlari muzlatib qo‘yiladi.

AQSH ham Navalniyning ta’qib etilishi tufayli sanksiyalar haqida e’lon qildi. Sanksiyalar, xususan, Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko, Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov, mudofaa vaziri o‘rinbosarlari Aleksey Krivoruchko va Pavel Popov, Jazolarni ijro etish federal xizmati rahbari Aleksandr Kalashnikov, bosh prokuror Igor Krasnov va Kremlning ichki siyosat bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Andrey Yaringa nisbatan joriy qilindi.

Shuningdek, Rossiyaning uchta ilmiy-tadqiqot instituti ham sanksiyalarga uchradi. AQSH hukumati Federal xavfsizlik xizmatini Navalniyning zaharlanishiga aloqador deb hisoblashini ma’lum qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yevroittifoq va AQSHning yangi sanksiyalarini «Rossiyaga qarshi dushmanlarcha hamla» deb atadi.

«Sanksiyalar kiritish uchun Navalniyning go‘yoki «jangovar kimyoviy moddalar» bilan «zaharlanishi» bilan bog‘liq ataylab uyushtirilgan provokatsiya bahona qilinganida bema’nilik tantana qiladi. Bularning barchasi — shunchaki bizning ichki ishlarimizga aralashuvni davom ettirish uchun bahona, xolos. Bunga ko‘nmoqchi emasmiz. O‘zarolik tamoyilidan kelib chiqib, javob qaytaramiz, javobimiz simmetrik bo‘lishi shart emas», — deyiladi Rossiya TIV xabarida.

Muassasa AQSHning bunday xatti-harakatlari Vashington tomonidan «to‘liq muzlash nuqtasigacha olib borilgan ikki tomonlama aloqalarni yanada bema’nilashtirish»ga hissa qo‘shishini ta’kidladi.

«Rossiyaga sanksiyalar kiritish yoki bosim o‘tkazishning boshqa yo‘llari orqali nimalarnidir yuklash avval ham muvaffaqiyatsiz kechgan, endi ham shunday bo‘ladi. Agar AQSH oqilona asosda teng huquqli muloqotga tayyor bo‘lmasa, bu ularning tanlovi. Amerikaning «sanksiyalarga ishqibozligi»dan qat’i nazar, har qanday tajovuzga qarshilik ko‘rsatgan holda, milliy manfaatlarimizni qat’iy himoya qilishda davom etamiz. Hamkasblarimizni olov bilan o‘ynashmaslikka chaqiramiz», — deyiladi xabarda.

Bu Navalniy ishi bo‘yicha Yevropa tomonidan kiritilayotgan birinchi sanksiyalar emas. 2020 yil oktabrida siyosatchining zaharlanishi tufayli, Yevroittifoq olti nafar amaldorga va bitta ilmiy-tadqiqot institutiga qarshi sanksiyalar e’lon qilgan edi.

Ma’lumot uchun, muxolifatchi Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Rossiyaga Germaniyadan qaytib keldi, u yerda qariyb besh oy davomida bo‘lib, «Novichok» bilan zaharlanganidan keyin davolandi. Tarafdorlari uni kutib olish uchun Vnukovo aeroportiga keldi. U yerda ommaviy hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi, Navalniy o‘tirgan samolyot esa Sheremetevoga qayta yo‘naltirildi. Qo‘nganidan keyin siyosatchi qo‘lga olindi — «Iv Roshe» ishi bo‘yicha shartli mahkum majburiyatlarini buzganligi uchun.

18 yanvar kuni Navalniy qamab qo‘yildi, sud esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri politsiya bo‘limida o‘tkazildi. 19 yanvar kuni Navalniy tomonidan tashkil qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (KKF) «Putinning qasri» haqidagi filmni e’lon qildi. U 100 million martadan ortiq tomosha qilindi, ijtimoiy tarmoqlar esa shu mavzudagi memlarga to‘lib ketdi. Hukumat uning qasr emas, apart-mehmonxona ekanligini va unga Putin emas, balki uning do‘sti Arkadiy Rotenberg egalik qilishini ma’lum qildi.

Navalniyning tarafdorlari butun Rossiya bo‘ylab ommaviy norozilik aksiyalarini uyushtirdi. 23 yanvar kuni to‘rt mingdan ortiq, 31 yanvar kuni besh mingdan ortiq odam hibsga olindi. Ko‘p yillardan buyon bunaqasi bo‘lmagandi. Federal telekanallar «xushmuomala politsiyachilar» haqida hikoya qildi, aslida esa ular namoyishchilarga qarshi dubinka, elektroshoker va ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llagan edi (Kreml buni provokatsiyaga javob deb atadi).

Aksiyalardan keyin kamida 40 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Navalniyning safdoshlari Lyubov Sobol va Kira Yarmish, shuningdek, siyosatchining ukasi Oleg mitingda koronavirusga qarshi choralarni buzganlik uchun uy qamog‘iga hukm qilindi. Navalniyning yana bir safdoshi Leonid Volkov o‘smirlarni ko‘cha aksiyalariga jalb qilganlik uchun qidiruvga berildi.

Moskvaning Simonov tumanlararo sudi 2 fevralda Navalniyni «Iv Roshe» ishi bo‘yicha aybdor deb topib, uning jazoni koloniyada o‘tashi haqida qaror chiqargandi. Moskva shahar sudi 20 fevralda qarorni qonuniy deb topdi va sud hukmi kuchga kirdi.

Navalniy koloniyada 2,5 yil davomida sud belgilagan jazoni o‘taydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 86
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 474
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 554
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 169
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 210
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 289
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 64
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 127
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 47
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 52
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 56
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 90
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 168
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 135
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 84
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 86
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 169
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 474
  • Bo‘limlar