“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 06:48
ЎЗO‘Z

UzAuto Motors kompaniyasi barcha avtomobillar narxini pasaytirish ustida ishlanayotganini ma’lum qildi

03 mar, 11:11 3 138 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzAuto Motors kompaniyasi barcha avtomobillar narxini pasaytirish ustida ishlanayotganini ma’lum qildi Foto: UzAuto Motors
UzAuto Motors kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan barcha avtomobillar narxini pasaytirish rejalashtirilgan. Bu haqda UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Barcha ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning tannarxini pasaytirish ustida ishlanmoqda», – dedi Rustam Rajabov.

«Daryo» muxbirining aynan qaysi turdagi mashinalar va necha foizga narxlar pasaytirilishi haqidagi savoliga UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori «O‘tgan 2020 yilda narxlarni qanchaga paysaytirgan bo‘lsak, bu yil ham undan kam bo‘lmagan miqdorda narxlar pasaytiriladi», — deya javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors 9 mart kuni o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxini model va modifikatsiyaga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshirgan edi. O‘shanda «O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi Shavkat Umurzoqov «Qayerda eski narxlarni saqlab qolish imkoni bor bo‘lgan bo‘lsa biz ularni saqlab qoldik. Kompaniya shunchaki foyda ko‘rishni istaganida narxlar 3—20 foizga emas, balki 40 va undan ko‘proq foizga oshardi», deya yengil avtomobillarning narxi oshganiga munosabat bildirgandi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan UzAutoMotors AJda avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi borasida o‘tkazilgan tekshiruv natijasida qonun buzilishi alomatlari aniqlandi. Lekin kompaniya buni tan olmagan. Holat yuzasidan 2020 yilning iyul oyida UzAuto Motors’ga nisbatan ish qo‘zg‘atgandi.

Qo‘mitaning 2020 yil 19 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida maxsus komissiya tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqlagan. Unga ko‘ra, avtomobillar narxi 3 million so‘mdan 19 million so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlangan. Qo‘mita narxlarning asossiz oshirilgan qismlarini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. UzAuto Motors esa bunga «avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytirish imkonsiz» deya javob qaytargan edi.

Mazkur o‘rganish natijalari omma uchun e’lon qilingach, UzAuto Motors Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qoshidagi maxsus komissiya qabul qilgan qaror ustidan sudga shikoyat qilishini bildirgandi va keyinroq kompaniya Toshkent shahar ma’muriy sudiga shikoyat qilgani ma’lum bo‘lgandi.

UzAuto Motors va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘rtasidagi sud jarayoni 2 oktabr kuni boshlangan, 9 oktabrda o‘tkazilgan sud majlisida UzAuto Motors tovarlar narxini shakllantirish maxfiy hujjatlarga asoslanganini bildirgan va sud 16 oktabrdagi majlisda ishni yopiq tartibda ko‘rishni boshlagandi.

23 oktabrda bo‘lib o‘tgan sud majlisida UzAuto Motors chetdan olib kelingan butlovchi ehtiyot qismlarning narxi oshishi, xorijiy valyuta kursi oshishi tannarxlarning shakllantirishida ta’sir qilishini ta’kidlab, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bu holatni hisobga olmaganini bildirgan. Bunga javoban qo‘mita vakillari tekshirish davomida bir necha marotaba hujjatlar taqdim etish so‘ralganida kompaniya tomonidan tegishli hujjatlar o‘z vaqtida taqdim etilmagani, tekshirish muddati yakunlanishiga kam vaqt qolgani sababli umumiy hisob-kitoblar tanlov asosida o‘rganib chiqilganini ma’lum qilgan.

Toshkent shahar ma’muriy sudining 2020 yil 30 oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan arizachi UzAuto Motors’ning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan ish bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi shikoyat arizasi qanoatlantirildi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 18 noyabr kuni UzAuto Motors ishi bo‘yicha Toshkent shahar ma’muriy sudi qarori ustidan appelyatsiya shikoyatini kiritgandi. Ammo shikoyat qanoatlantirilmagan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi UzAutoMotors’ning avtomashinalar narxini oshirganini keskin qoralab chiqqan. Shavkat Mirziyoyev ham avtomobillar narxi oshirilganini tanqid qilib, avvalo xalqning sotib oluvchanlik qobiliyatini mustahkamlash kerakligini ta’kidlagandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 140
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 145
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 196
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 368
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 201
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 0
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 187
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 90
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 39
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 159
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 161
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 223
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 91
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 265
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 320
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 397
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 176
  • Bo‘limlar