“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 18:27
ЎЗO‘Z

«O‘tgan yili Spark va Nexia'dan 550 mlrd so‘m zarar ko‘rganmiz. Equinox, Malibu va Trailblazer sotish zararni qoplayapti» – UzAuto Motors mas’uli

03 mar, 09:18 2 501 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘tgan yili Spark va Nexia'dan 550 mlrd so‘m zarar ko‘rganmiz. Equinox, Malibu va Trailblazer sotish zararni qoplayapti» – UzAuto Motors mas’uli Azizbek Shukurov
Kun.uz xabariga ko‘ra, tadbir davomida tashkillashtirilgan matbuot anjumanida OAV xodimlari jamiyat mutasaddilaridan Equinox singari qimmat avtomobillarni chet eldan olib kelib, ustiga 50 foiz mablag‘ qo‘yilib sotilayotgani bo‘yicha izoh so‘rashdi.

UzAuto Motors AJ Equinox, Malibu va Trailblazer kabi mashinalarning importyoriga, sotuvchisiga aylandi, degan gaplar paydo bo‘ldi. Shuning uchun aytib o‘tmoqchiman, o‘tgan yili 280 mingta mashina ishlab chiqardik. Equinox va Malibu kabi mashinalar 10 mingta sotilgan. Nisbatini olsak, nechta mashina tayyor holatda olib kirib sotildi, nechta mashina ishlab chiqarildi, deganda qimmat avtomobillar sotuvi 5 foizdan oshmaydi. Ya’ni, mahsulotlarning 5 foizini olib kirib sotyapmiz, 95 foizini o‘zimiz ishlab chiqaryapmiz.

UzAuto Motors biznes modeli shunday qilinganki, iloji boricha ommaga moslashgan mashinalarga minimal daromad qo‘yilgan. Tijorat sirini ochyapman sizlarga, ba’zilarida, masalan, Spark va Nexia kabi mashinalarda daromad umuman yo‘q. Nafaqat daromad, balki yo‘qotish bor. Shuning uchun ommaga arzonroq mashina yetkazish imkoniyatini yaratish maqsadida biz qimmat mashinalar daromadini baland qilib qo‘yamiz. Bu - qimmat mashinadan olayotgan daromadimiz hisobiga arzon mashina yo‘qotayotgan pulni qoplash uchun o‘ylangan tadbir.

Aniq misol, Spark bilan Nexia’dan o‘tgan yili 550 mlrd so‘m pul yo‘qotdik. Bu sof ziyon. Qimmat mashinalardan 500 mlrd so‘m foyda ko‘rdik. Sizlarga savol, sizlar ham menga o‘xshagan fuqarosizlar. Mana shu Equinox, Malibu narxlarini tushirib, Spark, Nexia narxini ko‘tarib qo‘ygan yaxshimi yoki hozirgi holatda biznes modelni davom ettirgan yaxshimi, degan savol turibdi-da. Nima deb o‘ylaysizlar?
” - dedi “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 219
  • AQSH avtomobillar uchun tarixdagi eng qat’iy ekostandartlarni joriy etmoqchi 24 mar, 06:09 101
  • “Bu o‘zbekistonliklarni ayovsiz talash degani” — faollar elektromobillar importiga cheklov qo‘yilishidan norozi 19 mar, 18:02 896
  • UzAuto Motors narxlar oshmaganini ma’lum qildi 12 mar, 18:23 186
  • UzAuto Motors avtomobillar narxi oshirilishini e’lon qildi 12 mar, 16:09 321
  • Endi transport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish mumkin 08 mar, 15:56 358
  • So'nggi yangiliklar
  • Bosqinchilik va odam o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi 29 mar, 17:37 13
  • Tojikistonda «Krokus» hujumchilari bilan aloqadorlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi 29 mar, 17:17 33
  • Olimlar qashshoqlik miyaning tez qarishiga sabab bo‘lishini aniqladilar 29 mar, 16:53 14
  • ISHID o‘z tarafdorlarini Isroilda hujumlar uyushtirishga chaqirdi 29 mar, 16:30 99
  • Rossiyada «Krokus»dagi terakt haqida izohlar uchun qo‘lga olishlar boshlandi 29 mar, 16:03 174
  • Xalqaro sud Isroilga majburiyat yukladi 29 mar, 15:40 57
  • Fransiya razvedkasi markaziy osiyoliklarni kuzatishni kuchaytirmoqda 29 mar, 15:15 102
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 174
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 117
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 168
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 45
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 206
  • Bo‘limlar