“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 05:28
ЎЗO‘Z

“Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman

28 fev, 18:13 1 814 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Lokomotiv”ning ispaniyalik legioneri “Marca”ga intervyu berdi: O‘zbekistonda kinolardagidek yashamoqdaman Xabaringiz bor, Toshkentning “Lokomotiv” klubi yangi mavsum oldidan tarkibga bir qator kuchli futbolchilarni jalb etdi. Shu jumladan, Mikael Sekeyra “temiryo‘lchilar” tarkibiga ispaniyalik Diyego Bardanka Floresni chaqirdi. Nafaqat ispan, balki butun dunyodagi sportga ixtisoslashgan nashrlar orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Madridning “Marca” nashri undan O‘zbekistonga sayohati haqida intervyu oldi. Quyida ushbu materialni to‘liqligicha tarjima formatida e’tiboringizga havola etamiz.

Pandemiya Yer sayyorasining deyarli barcha nuqtalarini qamrab oldi. Ammo shunday joylar borki, ularga ushbu kasallik ancha kam talafot yetkazdi va ularni bemalol pandemiyasiz davlatlar, deb atasak bo‘ladi. O‘zbekiston ham mana shu oazislarning biri. “Bu yerda o‘tgan ikki hafta davomida men Yevropadagi pandemiya xavfini mutlaqo unutdim. Haligacha shokdaman: biz niqobsiz bemalol yuraveramiz. Bu yerda faqat gavjum joylarga borish oldidan tibbiy niqob taqiladi va geldan umuman foydalanishmaydi. Kasalxonalar bo‘m-bo‘sh. Men o‘zimni bir yil avval boshdan kechirgan hayotimga qaytgandek his qildim. Yevropa, xususan, Ispaniyada ahvol anchayin og‘ir edi. Bu yerda esa kinolardagidek yashayapman”, - deydi Bardanka.

Markaziy himoyachi pozitsiyasida to‘p tepuvchi Bardankada sayyohlik ruhi bor: u Finlandiya, Polsha, Sloveniya, Serbiyada o‘ynab ulgurgan. Navbat O‘zbekistonga keldi. “Bu yosh va super-professionallashgan klub. “Lokomotiv”da futbolchi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jamoada yangi mavsum oldidan ambitsiyalar o‘ta yuqori. Ispaniyalik Dani Chabrera bu yerda darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ishlaydi va aynan uning say’-harakatlari bilan men “Lokomotiv” a’zosiga aylandim.

Odamlarda immunitet hosil bo‘lguniga qadar O‘rta Osiyoning 33 mln aholisi koronavirus bilan zararlandi: “Mart-sentabr oralig‘ida, eshitishimcha, 60-70 foiz odam kasallikka chalinib ulgurgan va shundan so‘ng, ularda pandemiyaga qarshi kurashish tajribasi paydo bo‘lgan. Bu yerda barchasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani uchun bugungi kunda mamlakatda bemorlar soni ancha kam”.

O‘zbekistonga keluvchilar tibbiy tekshiruvdan to‘liq tartibda, ehtiyotkorlik bilan o‘tkaziladi. Bu yerda virus alomatlari aniqlansa, bemor darhol yakkalanadi va shifokorlar nazoratiga topshiriladi. Eng ahamiyatlisi, bu jarayonlar aeroportning o‘zidayoq amalga oshiriladi. Balki, shuning uchun ham O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashda katta muvaffaqiyatlarga erishgan va kamroq talafotga uchragandir.
Klubda sportchi sifatida rivojlanishingiz uchun zarur bo‘lgan barcha mashg‘ulot zallari va sharoitlar mavjud. Bu barchamiz uchun manzur bo‘ladigan hayot tarzi”, - dedi Diyego Bardanka Flores.

“Marca.com” saytidan Abdulvosid Valixonov tarjimasi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 130
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 185
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 45
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 110
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 26
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 55
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 94
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 91
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 124
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 56
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 95
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 77
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 33
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 61
  • Bo‘limlar