“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2021, 21:17
ЎЗO‘Z

Mehr tushunchasi

28 fev, 13:53 686 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mehr tushunchasi U majlisdan chiqib, shosha-pisha yugurganicha uyiga qarab ketayotgan edi. Hamkasblari ortidan: «Ha, tinchlikmi, buncha shoshib qayerga ketyapsan, uchrashuving bormi?» deb gap tashlashdi. U: «Ha, uchrashuvim bor», dedi ularga eshittirib. So‘ngra o‘ziga o‘zi pichirlab: «Ha, Robbim bilan uchrashuvim bor», deb qo‘ydi.

Yo‘lda tegmaganga ham tosh otadiganlardan bittasi: «Ha, yugur, yugur, kech qolasan», deya qitmirlik qilganiga ham e’tibor qilmadi. Allohdan barchaga hidoyat so‘rab, yo‘lida davom etdi.

U asr namozidan biroz oldin uyiga keldi. Eshikni ukasi ochdi. U salomlashib bo‘lgach: «Uyda kimlar bor?» dedi. Ukasi o‘zidan boshqa hech kim yo‘qligini aytdi.

U: «Onam bilan singlim to‘yga ketishdimi?» dedi. «Ha», degan javobni olgach, «Shuncha tushuntirsam ham baribir ketishibdi-da, unday to‘ylarga bormaslik kerak», dedi.

Namozini ado etib bo‘lgach, Allohga kaftlarini ochib yuzlandi, ko‘p-ko‘p duo qildi, har doimgi duosini ham takrorladi: «Robbim, Yaratuvchim, bizlarni yo‘qdan bor qilgan Allohim, O‘zing bizlarni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgin. Meni hidoyatli hidoyatchi bandalaringdan qilib qo‘ygin. Meni yaqinlarimning hidoyatiga sababchi qil». Keyin kitob o‘qishga kirishib ketdi. Asr vaqtigacha kitobdan boshini ko‘tarmadi. Namoz vaqti bo‘lgach, uni ado etib bo‘ldi ham-ki, onasi va singlisi uyga kirib kelishdi.

U onasi va singlisini – Allohning izni ila – bir amallab satrda yurishga va namozga o‘rgatib olgan edi. Shunda ham ba’zan beparvolik qilib qazo qilib qo‘yishar edi. U doim namoz vaqtlarini eslatib, ado etgan-etmaganlarini so‘rab turardi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, uning salom-alikdan so‘ng birinchi so‘ragan narsasi «Peshinni o‘qidinglarmi?» bo‘ldi. Bunga onasi oddiy qilib: «Namoz o‘qigani vaqtimiz bo‘lmadi», deb qo‘ya qoldi.

Shu payt: «Eh, onajonim, keldinglarmi, charchab qolmadinglarmi, «to‘yga borsang, to‘yib bor»dan bo‘lib, och qolmadinglarmi?» deb ukasi kirib keldi. Onasi kenjasini quchoq ochib kutib oldi, bag‘riga bosib: «Shu kenjam boshqacha mehribon bo‘ldi-da, onasining qornini o‘ylaydi-ya», deb laganbardor o‘g‘lini erkalab ketdi. Akasi xonadan chiqib ketar ekan, ukasining: «Xo‘sh, nimalar bo‘ldi shunday qilib?» degan savolini eshitib, eshik ortida to‘xtadi.

Singlisi: «Zo‘r bo‘ldi, dahshat! Kuyov hammaning oldida kelinga tort yedirdi. Mana, videoga ham olvolganman» deya, telefonidagi har turli pardoz-andoz, yarim-yirtiq fata-mata deganlarini ishga solib, nikoh to‘yiga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va yuzini tabassum bilan yanada bezagan kelinga tirjayganicha tort kesib, sanchqi bilan hammaning oldida yedirayotgan rashksiz er zotidan bo‘lgan kuyovning videosini taqdim qildi.

Akasi nima qilishini ham bilmay qoldi – ichkariga kirib bir nimalar desin yoki nima qilsin...

Aytadiganini aytib bo‘lgan edi, foydasi bo‘lmadi-ku endi nima qilsin...

Ha, onasining qornini o‘ylagan o‘g‘li «mehribon» bo‘ldi, onasidan maqtovlar eshitib o‘tiribdi, onasining oxiratini o‘ylagan o‘g‘li esa eshik ortida, nima qilishini bilmay turibdi.

Manba: islom.uz



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Xonanda Nilufar Usmonova o‘z ismini nima uchun o‘zgartirdi? 23 apr, 11:08
  • Aktyor Yigitali Mamajonov yana uylandi (foto) 11 dek, 17:54
  • Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi 23 noya, 08:30
  • Fikrga nisbatan fikr bildirishdagi adl 28 fev, 11:50
  • Ka’bani masxaralagan hindistonlikka o‘lim jazosi qo‘llanilishi mumkin 24 noya, 09:31
  • Tarixning zarhal sahifasi: O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z ustozi bilan 27 sen, 17:34
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident rektorlarning yoshlar bilan ishlashdagi faoliyatini tanqid qilib, 4 ta rektorni ishdan oldi 13 apr, 20:46 0
  • Ijarada turgan talabalarning ijara to‘lovini yarmi davlat tomonidan qoplanadi 13 apr, 20:45 0
  • Piter Xyuistra eronliklarga qanday baho bermoqda? 13 apr, 20:33 0
  • UZCARD va HUMO kartalari uchun terminallar yagona tizimga o‘tadi 13 apr, 20:15 1
  • Yoshlarni ishga olgan korxonalarga soliq va boshqa sohalarda imtiyozlar beriladi 13 apr, 19:46 55
  • Qidiruvda Rossiyada ishlab yurgan qarzdordan 6,5 mln. so‘m aliment undirildi 13 apr, 19:23 81
  • Gurlanda ajrashgan oilalar yarashtirildi 13 apr, 19:00 141
  • "Paxtakor" boshqarib ketayotgan "karvon"da nimani ko‘rdingiz? 13 apr, 18:27 459
  • Indoneziyalik kuyov Google Maps sabab boshqa to‘yga kelib qoldi (video) 13 apr, 18:00 368
  • 1 iyundan pensiya tayinlashda o‘zgarishlar bo‘ladi 13 apr, 17:30 788
  • 1 maydan boshlab 10 million so‘mgacha subsidiyalar beriladi 13 apr, 17:00 685
  • Mirziyoyev yoshlar bilan ishlashni eplay olmagan bir qator amaldorlarni ishdan oldi 13 apr, 16:44 632
  • Bo‘limlar