“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 20:40
ЎЗO‘Z

Surxondaryoda Nexia-2 yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi

28 fev, 12:15 1 804 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Surxondaryoda Nexia-2 yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi Kadr: Telegram
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida 24 fevral, chorshanba kuni soat 13:30 larda 29 yoshli fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 avtomobili yo‘lni kesib o‘tayotgan o‘quvchini urib yuborib, YTH sodir etdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngilsiz hodisa «Gulchechak» mahallasidan o‘tuvchi 4N-1589 avtomobil yo‘lining 11-kilometrida sodir bo‘lgan.

«Sho‘rchi tumaniga ketayotganimda bir yosh bola yo‘limga chiqib qoldi. Signal va tormozni bosib, chap tarafga burdim. Shunda ham qiz yugurishdan to‘xtamadi, mashinaning o‘ng tarafi bilan uni urib yubordim. O‘zim birinchi yordamni ko‘rsatib, shifoxonaga olib bordim», — deydi haydovchi.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlangan tumanning 59-sonli maktabi o‘quvchisi bo‘lgan. 8 yoshli qiz turli jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. YTH sodir bo‘lgan hududga viloyat IIB, YHXB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurgan.

Ishchi guruh o‘rganishlari davomida avariya sodir bo‘lgan hududdagi yo‘lning ustki qismi tekis, yo‘l chiziqlari umuman chizilmagani, aholi zich joylashgan bo‘lsa-da, piyodalar o‘tish yo‘llari tashkil etilmagani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, yo‘l bo‘yida ikkita maktab joylashgan bo‘lsa-da, haydovchilarni bu haqda ogohlantiruvchi yo‘l belgilari bo‘lmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 49
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 241
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 275
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 22
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 96
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 77
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 157
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 146
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 184
  • Bo‘limlar