“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 14:17
ЎЗO‘Z

Prezident yangi qonunni imzoladi

26 fev, 17:20 2 808 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident yangi qonunni imzoladi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-677-son, 26.02.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga ko‘ra, Moliya vazirligi auditorlik faoliyati sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.

Auditor sifatida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar faoliyat yuritishi mumkin.

Moliya vazirligi saytida auditorlik faoliyatiga oid ma’lumotlar, auditorlik faoliyatining standartlari joylashtirilishi lozim.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarida auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishida Markaziy bank mas’ul organ hisoblanadi.

Auditorlar jamoat birlashmalari ularning malaka imtihonlarini o‘tkazishda va test sinovlarini tuzishda ishtirok etish huquqiga ega.
Auditorlik faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Auditor o‘zi ishlaydigan faqat bitta tashkilot muassisi bo‘lishi mumkin. Auditorlik sertifikati Moliya vazirligi tomonidan beriladi.

Sertifikat olish uchun talabgor oliy ma’lumotli va oxirgi 10 yildan 3 yil buxgalteriya va audit sohasida yoki OTMda ishlagan bo‘lishi kerak.
Sertifikat uchun arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda malaka imtihoni topshirish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Shuningdek, Qonun bilan auditorlik tashkilotining maqomi ham belgilandi. Jumladan, auditorlik tashkiloti o‘zi haqidagi ma’lumotlar reyestrga kiritilganidan faoliyat yuritish huquqiga ega.

Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlari va turdosh xizmatlarni ko‘rsatadi. Qonun rasmiy e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 21
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 23
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 143
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 77
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 326
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 431
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 0
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 70
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 21
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 23
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 141
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 143
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 51
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 288
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 77
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 109
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 71
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 373
  • Bo‘limlar