“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 17:32
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston hududiga iliq havo oqimi kirib kelmoqda - «O‘zgidromet»

26 fev, 14:58 3 379 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston hududiga iliq havo oqimi kirib kelmoqda - «O‘zgidromet» Ushbu haftaning ish kunlari oxirida O‘zbekiston hududi Rossiyaning Yevropa hududi orqali kirib kelgan juda sovuq havo massalari ta’siri ostida bo‘ldi.

«O‘zgidromet» xabarida aytilishicha, kechasi va ertalab havo harorati 10-12 daraja sovuqqacha pasaydi. Qoraqalpog‘istonda 20-22 daraja sovuq, Ustyurtda 23-25 daraja sovuq bo‘ldi. Kunduz kunlari harorat 4-6 daraja sovuqdan yuqoriga ko‘tarilmadi, shimolda harorat 8-10 daraja sovuq atrofida bo‘ldi. Bunday harorat me’yoriy qiymatlardan 12-17 darajaga past bo‘ldi.

Bugundan boshlab sovuq havo massalari respublika hududidan chiqishni boshladi. Uning o‘rniga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massalari kirib kelmoqda.

Dam olish kunlari havoning ilishi davom etadi. Yakshanba kuniga kelib, kechasi 3-5 daraja sovuqqacha kuchsizlanadi, kunduz kunlari esa 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Ammo bu fevral oyining oxiridagi iqliåmiy me’yorlardan biroz pastroqdir.

Respublika hududining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 136
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 165
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 216
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 254
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 56
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 154
  • So'nggi yangiliklar
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 0
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 0
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 0
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 0
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 0
  • Maxachev UFC 302 jangi oldidan Dastin Porening zaif tomonlarini aytdi 24 apr, 15:36 8
  • Futzal. Tojikiston yarim finalchiga aylanib, jahon chempionatiga yo‘llanma oldi 24 apr, 15:17 23
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 13
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 85
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 20
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 79
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 85
  • Bo‘limlar