“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 18:58
ЎЗO‘Z

Dunyoni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan 4 odam

25 fev, 22:30 3 827 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyoni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan 4 odam Foto: «Miridei.com»
Shaxsan bitta odamning qo‘lidan hech narsa kelmaydi, deb o‘ylaydiganlar yanglishadi. 1, 2, 3, boring ana 10 kishi dunyoni o‘zgartirishga qodir emas, deydiganlar ham adashadi. Aslida hammasi shundan boshlanadi.

Bilsangiz, XIX asrning o‘rtalarida qullik bekor qilinadi. Bunda dastlabki qadamni Buyuk Britaniya tashlashga ahd qilgan bo‘lsa, keyin uning safiga Rossiya va AQSH qo‘shildi. Biroq bu o‘sha paytdagi hukmdorlarning insonparvarligi yoki xayrixohligi bilan bog‘liq bo‘lmagan.

Shunchaki ommaviy sanoatlashtirish boshlanib, ishlab chiqarish sohalariga mashinalar kirib kelishi, qullar mehnati orqa fonga o‘tib qolishi sharofati edi... Ammo shunga qaramay qora tanlilarning huquqlari oq tanlilar bilan tenglashtirilmadi. Ha, «rangli»lar ham erkin bo‘lishdi, lekin tenghuquqli emas.

Kechagi qullarni, kim qanday xohlasa, shunday mazax qildi va xo‘rladi. Bilsangiz kerak, u paytlarda qora tanlilarga oq tanlilar bilan bitta jamoat transportida yurish taqiqlangan, ularni turli muassasalarga kiritishmagan, arzimagan sabablar ro‘kach qilinib, jarimaga tortishgan... Hatto, politsiya xodimlari avtobuslarda sobiq qullarga o‘q uzishni istaganlarga jim qarab turishgan.

Biroq qopqog‘i yopiq idishni uzoq vaqt yuqori haroratda ushlab tursangiz, ertami-kech portlashi aniq. Shu kabi insonning sabr-toqati oxiri bitadi. Bunday jur’atga esa 4 nafar qora tanli yigit sabab bo‘ldi.

Ular 1960 yilning 1 fevralida kutilmaganda qahvaxonaga kirib kelib, qahvaga buyurtma berishadi. Ammo joy egasi yigitlarga tezroq bu yerdan «qorasini o‘chirish»ni buyuradi. Ular esa joylaridan qimirlamay, tonggacha shu yerda qolishadi. Erta tongda tengsizlikka qarshi tinch norozilik bildirgan qullar soni o‘n ikki nafarga yetadi. Uchinchi kuni namoyishni 60 kishi, to‘rtinchi kuni 400 kishi qo‘llab-quvvatlaydi. Korxonalar egalari ishchilarining kelmayotganidan katta yo‘qotishlarga duch kelib, signallar berishdi.

Keyingi kunlari tinch namoyishlar butun Amerika bo‘ylab tarqaldi. Bu harakatlarga afsonaviy shaxs – inson huquqlari faoli Martin Lyuter King rahbarlik qildi. Ularning chiqishlari natijasida AQSH hukumati tomonidan «Irqiy kamsitishni taqiqlash to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

Shu tariqa kichik, ammo dadil qadamlar ortidan katta ish hal bo‘ldi. Bu 4 kishining butun insoniyatga qilgan ulkan yaxshiligidir.

P.S. Suratda o‘sha jasur afroamerikalik talabalar

Shohid tayyorladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 0
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 0
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 19
  • UFC Arman Sarukyanni promoushendan chetlatishi mumkin 26 apr, 17:01 9
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 58
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 84
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 89
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 51
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 110
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 243
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 301
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 129
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 151
  • Bo‘limlar