“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 02:45
ЎЗO‘Z

Firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi

25 fev, 12:45 1 438 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Firibgarlik bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrida yashovchi fuqarolar “U.X.” va “X.M.”lar fuqaro “N.A.”ni “Milliy” (sobiq “Bunyodkor”) stadionining qo‘riqlash xizmatiga ishga kiritib qo‘yish evaziga, undan 1500 AQSH dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Navoiy viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining mas’ul xodimi “M.X.” tanishlari orqali fuqaro “S.O.”ni viloyat IIBga qarashli jazoni ijro etish muassasalaridan biriga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, xizmati evaziga undan 2000 AQSH dollari so‘raydi.
DXX Navoiy viloyati boshqarmasi, Departamentning hududiy boshqarmasi hamda viloyat IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “M.X.” so‘ralgan puldan 10,5 mln. so‘mni olgan vaqtida ushlandi.

Navoiy viloyati Karmana tumani tibbiyot birlashmasi xodimi “J.N.” fuqaro “A.Ch.”ni mazkur birlashmaga ishga kirishida yordam berishini aytib, xizmati evaziga undan 4,5 mln. so‘m olgan vaqtida DXX va Departament tomonidan ushlandi.

Shuningdek, Karmana tumani mudofaa ishlari bo‘limi xodimi “N.A.” fuqaro “K.Z.”ga harbiy guvohnoma rasmiylashtirib berib, Navoiy shahridagi kafedan 1,1 mln. so‘m qarzi borligini aytadi va undan shu pullarni to‘lab qo‘yishini talab qiladi.

O‘z navbatida “K.Z.” ushbu holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi. O‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida “K.Z.” Navoiy shahridagi kafe ma’muriyatiga so‘ralgan qarzni to‘laganidan keyin, “N.A.” Departamentning hududiy boshqarmasiga chaqirtirilib, so‘rov suhbati o‘tkazilganda, u yuqoridagi holatni tan olib, aybiga iqrorligini bildirdi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 46
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 135
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 34
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 219
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 88
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 34
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 50
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 58
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 48
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 36
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 33
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 28
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 35
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 33
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 165
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 274
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 23
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 46
  • Bo‘limlar