“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 15:05
ЎЗO‘Z

Rossiyalik milliarder Roman Abramovich uchun 145 metrlik yaxta qurilmoqda (video)

24 fev, 23:55 2 318 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich uchun 145 metrlik yaxta qurilmoqda (video) Solaris yaxtasi
Foto: Global Look Press

«Chelsi» futbol klubi egasi, milliarder Roman Abramovich 145 metrlik Solaris yaxtasini qurdiryapti. Bu haqda Forbes jurnali manbalariga tayanib, «RBK» xabar berdi.

Yaxta Germaniyaning Lloyd Werft kemasozlik zavodida qurilmoqda. 2010 yilda o‘sha zavodda Abramovich uchun 15 metrli Luna ekspeditsiya yaxtasi yaratilgan edi, keyinchalik u yaxtani milliarder Farhod Ahmedovga sotgan (Forbes Ahmedovning boyligini 1,4 milliard dollarga baholagan). Bundan tashqari, Abramovich 162,5 metrli Eclipse’ga egalik qiladi.

Solaris — korpusi po‘lat va ustki qavati aluminiy bo‘lgan, palubalari tik daraxtidan yasalgan, ekspeditsion motorli yaxta. U sakkizta paluba, bitta lift, sport zali, vertolyot maydonchasi, jakuzi, basseyn, shuningdek, vertolyot va kuzatuvchi kemalarga mo‘ljallangan garajni o‘z ichiga oladi. Yaxtada 36 nafar yo‘lovchi va 60 nafar ekipaj a’zosi sig‘adigan 48 ta kabina bor.
[media=https://www.instagram.com/reel/CLjPYPrge3A/?utm_source=ig_embed]
Xabarga ko‘ra, kemani pardozlash hali davom etmoqda. Forbes manbalariga ko‘ra, u kelasi hafta suvga tushiriladi.

Solaris tenderlar, kichik kemalar va suvosti kemalarini, suvga sho‘ng‘ish uskunalarini tashishni ta’minlaydigan yoki vertolyotlarni o‘z bortiga qabul qiladigan yordamchi kemadir. «Odatda bunday yaxtalar asosiy kemalarga qo‘shimcha ravishda quriladi, ammo so‘nggi yillarda ularga talab ortmoqda va ba’zi dengizchilar asosiy kemada emas, faqat yaxtalarda suzmoqda, bunga sabab kemada ‘o‘yinchoqlar’ning ko‘pligi», — deya ta’kidladi Yacht Harbour asoschisi Dmitriy Semenixin, nashrga bergan intervyusida.

Forbes manbasining xabar berishicha, yaxta uchun M-Solo & M-Sola nomlari bilan ro‘yxatdan o‘tgan ikkita Airbus ACH145 vertolyoti buyurtma qilingan. «Solaris, albatta, suvdagi eng yirik va eksklyuziv tadqiqotchi bo‘ladi. Boshqa bu turdagi yordamchi kema yo‘q va yaqin kelajakda paydo bo‘lishi ham amri mahol. Yaqin Sharqdagi qirollik oilalarida ham bunaqasi yo‘q», — deydi Semenixin. Unga ko‘ra, yaxta milliarderga 250-300 million dollarga tushishi mumkin.

Shu bilan birga, Smart Yachts asoschisi Yuliya Skopseva nashrga bergan intervyusida xarajat 450 million yevrogacha (546 million dollardan ortiq) yetishi mumkinligini taxmin qildi. «Solaris’ning qurilishi dastlabki shartnoma muddatidan bir oz ko‘proq vaqt —olti yil davom etdi (buyurtma 2015 yilda berilgan). Qurilish jarayonida kema hajmi ham o‘zgardi: boshida kemaning uzunligi 138,96 metr bo‘lishi rejalashtirilgan edi»,— dedi u.

Ma’lumot uchun Roman Abramovich Forbes’ning real vaqtdagi milliarderlar ro‘yxatida 151-o‘rinni egallab turibdi. Uning boyligi 14,4 milliard dollarga baholanmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 142
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 51
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 288
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 71
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 373
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 211
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi 19 apr, 13:57 0
  • Abbosbek Fayzullayev ushbu reytingda peshqadam! 19 apr, 13:30 70
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 21
  • Hokim yordamchilari Xitoyning kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha tajribasini o‘rganishni boshladi 19 apr, 12:49 23
  • AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin 19 apr, 12:23 142
  • O‘zbekistonda birinchi luks sayyohlik poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yildi 19 apr, 12:00 143
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 51
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 288
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 77
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 109
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 71
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 373
  • Bo‘limlar