“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 13:29
ЎЗO‘Z

“Legiya” muxlislariga MDHdan kelgan legionerlar yoqmayapti, Yaxshiboyev esa...

24 fev, 22:57 2 550 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Legiya” muxlislariga MDHdan kelgan legionerlar yoqmayapti, Yaxshiboyev esa... Polshaning eng yuqori ligasi – Ekstraklasada yetakchilik qilayotgan Varshavaning “Legiya” klubi joriy mavsumda chempionlik uchun kurashmoqda.
Hozircha, varshavaliklar musobaqa jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ularni ta’qib qilayotgan “Pogon” jamoasi ham bosh sovrin uchun kurashmoqda.

Chempionlik uchun kurash asosan shu ikki jamoa o‘rtasida bo‘ladi. Ayni paytda kuchli uchlikni yakunlab turgan “Rakuv” futbolchilari ham oldindagi imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalansa, chempionlik poygasiga qo‘shilishi mumkin. Qolgan 13 ta jamoa oltin medalga da’vogarlik qila olmaydi.

“Legiya” klubi qishki transferlar vaqtida tarkibini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Jamoaga turli mamlakatlardan yangi futbolchilar kelmoqda. Qishda klub tarkibiga qo‘shilganlar orasida uch nafar MDH davlatlari vakillari bor. Jasur Yaxshiboyev “Paxtakor”dan taklif etilgan bo‘lsa, markaziy himoyachi Artyom Shabanov va markaziy hujumchi Nazariy Rusin “Dinamo Kiyev”dan olindi.

Sportanalytic.com sayti “Legiya” muxlislarining yangi futbolchilar haqidagi fikr-mulohazalarini e’lon qildi.

- Menda qishki transferlar vaqtida olingan yangi futbolchilarimizning hammasi ham foyda keltirishiga katta shubha bor. Ayniqsa, Nazariy Rusinga ishonch bildirmagan bo‘lardim. Jasur Yaxshiboyev yaxshi saviyadagi ijodkor o‘yinchi. U buni isbotlagan. Artyom Shabanovning himoyachi sifatida harakatlarini ko‘rdik. Lekin Rusinni ularga solishtirganda jamoa hujum chizig‘ini kuchaytira olmasligi ma’lum bo‘ladi. Unda jamoadagi hujumchilardan zo‘r bo‘lgan birorta jihat yo‘q. Fikrlarim xato bo‘lib, Rusin yaxshi o‘ynab ketishiga umid qilaman, - dedi Alaryk degan muxlis.

Uning gaplarini “Legiya”ning yana bir fanati Mak qo‘llab-quvvatlab, klub rahbariyati ortiqcha o‘yinchi olganini, ayniqsa, Nazariy Rusinga jamoa tarkibida joy yo‘qligi haqida gapirdi.

Ko‘rinib turibdiki, muxlislarning salbiy fikrlari o‘zbekistonlik legionerga qaratilmagan. Jasur Yaxshiboyevdan varshavalik futbol ishqibozlarining umidi katta. Qolaversa, “Legiya” bosh murabbiyi Cheslav Mixnevich yangi futbolchilar haqida gapirar ekan, Jasurning imkoniyatlarini yuqori baholagan edi.

- Biz Jasurbekka juda katta umid bog‘laganmiz. Men uning o‘yinini amalda ko‘rmagan bo‘lsam-da, bu futbolchining qiymati yuqori ekanini yaxshi bilaman. Albatta, boshida undan mo‘’jiza kutmayman. Futbolchi yangi muhitga va begona joyga ko‘nikib olishi uchun muayyan vaqt kerak bo‘ladi. Barcha bilan do‘stlashib ketishi va bizga nimalarga qodir ekanini isbotlashi uchun unga yetarlicha imkon beriladi. Men uning o‘yini muhrlangan videotasvirlarni tomosha qildim va ishtiyoqim oshdi.

Yaxshiboyev bir necha pozitsiyada muvaffaqiyatli o‘ynay oladigan futbolchi. Jasur 4-3-3 sxemasida qanot futbolchisi vazifasini to‘la uddalay oladi. U hujumga aloqador har qanday pozitsiyada muvaffaqiyatli o‘ynaydi. Bu uning asosiy ustun jihatlari
, - dedi bosh murabbiy Cheslav Mixnevich.

Biz esa, o‘tgan mavsumda Belarus chempionligini qo‘lga kiritgan Jasur Yaxshiboyevga Polshani ham zabt etishida muvaffaqiyat tilab qolamiz...




Mavzuga oid yangiliklar
  • Abbosbek Fayzullayev RPLning 24-tur ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi 15 apr, 20:05 114
  • Osiyo kubogi U-23. Abbosbek Fayzullayev futbolchilar orasida eng qimmati 15 apr, 19:13 328
  • Fayzullayev «Transfermarkt» nashrining ramziy terma jamoasidan joy oldi 15 apr, 18:08 137
  • Xose Venansio Lopes: "Maqsadimiz – Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish" 15 apr, 17:47 164
  • Eldor Shomurodov kechagi uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi? 15 apr, 17:30 534
  • UFC 300 ishtirokchilari qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi 15 apr, 14:19 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 0
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 0
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 1
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 1
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 23
  • "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi 16 apr, 11:15 37
  • Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi 16 apr, 11:02 70
  • Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi 16 apr, 10:46 18
  • O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi 16 apr, 10:44 7
  • Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi 16 apr, 09:43 86
  • Ukraina kuchlari Qrimdagi Rossiya qo‘mondonlik punktiga zarba berdi 16 apr, 09:41 141
  • AQSH Kiyevning dronlarni yo‘q qilishda yordam berish haqidagi iltimosiga javob qaytardi 16 apr, 09:38 177
  • Bo‘limlar