“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:43
ЎЗO‘Z

DTM: Kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi tez kunda e’lon qilinadi

24 fev, 09:13 1 530 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DTM: Kirish imtihonlari uchun fanlar majmuasi tez kunda e’lon qilinadi 2021 yilda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda qaysi fanlardan imtihon olinishi tez orada e’lon qilinadi, deb ma’lum qildi Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov.

«Hozirda Davlat test markazi va tegishli vazirliklar bilan birgalikda fanlar majmuasi ishlab chiqilgan. Markazning asosiy vazifasi umumlashtirish hisoblanadi. Ya’ni vazirliklar beradigan takliflarga binoan ish tutadi. Bu mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda va tez kunda e’lon qilinadi.

Avvalgi yil bilan solishtiradigan bo‘lsak, juda katta farq bo‘lmaydi», – dedi Rajabov 23 fevral kungi matbuot anjumanida.

DTM rasmiysi chet tili fanidan maksimal ball beruvchi sertifikat darajasi B2'ga o‘zgartirilganiga izoh berdi.

«Yangi qoidaga ko‘ra B1'dan yuqori bo‘lgan B2 yoki C1 darajasi bo‘yicha sertifikat olgan abituriyentga maksimal ball berilishi belgilab qo‘yildi. Chunki test amaliyoti shuni ko‘rsatdiki, B1 sertifikati olgan bola va kirish imtihoni kuni test topshiradigan bola teng, ya’ni bir xil darajada.

Ikkalasi ham ishlaganda xato qilib qo‘yishi mumkin. Deylik, 3 ta xato qilsa, bu 9,3 balldan ayrildi degani va sertifikatsiz bola sertifikati bor bolaga yutqazib qo‘yyapti. Bunda adolat sal yo‘qolib qolgandek edi.

Endilikda Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, kimda B2 va undan yuqori daraja sertifikati bo‘lsa, unga kirish imtihonlaridagi maksimal ball beriladi
», – takidladi DTM direktori o‘rinbosari.

Sardor Rajabov chet tillaridan savollar tuzadigan o‘qituvchilar haqida to‘xtaldi.

«Bu bo‘yicha markazda katta tajriba bor. Hozirda 14 ta tildan test olinmoqda. O‘qituvchilarga qo‘yilgan talab – birinchi navbatda shu sohada filolog bo‘lishi hamda C1 darajaga ega bo‘lishi kerak.

Shundan keyin bu o‘qituvchilar bilan shartnoma tuzamiz va markazda ushbu o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilamiz
», – dedi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 25
  • So'nggi yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 0
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 55
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 265
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 64
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 144
  • Bo‘limlar