“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 12:31
ЎЗO‘Z

Bir nafar farzand uchun 16 mln. so‘m aliment undirib berildi

18 fev, 22:30 1 528 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bir nafar farzand uchun 16 mln. so‘m aliment undirib berildi Majburiy ijro byurosi Yakkabog‘ tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining 7.09.2016 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor I.Ruziyevdan undiruvchi M.Djurayevaning bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, bu haqda taraflarga ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida, yuqoridagi Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq so‘rovnomalar yuborilgan.

Qarzdor ota tomonidan aliment pullari ixtiyoriy ravishda to‘lanmay, qasddan bo‘yin tovlab kelganligi oqibatida qarzdorlik joriy yilning fevral oyiga qadar jami 16 mln. so‘mga yetgan. Olib borilgan majburiy va tezkor ijro harakatlari natijasida alimentdan bo‘lgan qarzdorlik M.Djurayeva foydasiga undirib berildi.

Ahror Ne’matov
MIB Yakkabog‘ tuman bo‘limi davlat ijrochisi




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 73
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 535
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 485
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 82
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 39
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 233
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 37
  • Bo‘limlar