“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 08:52
ЎЗO‘Z

Prezident umumiy qiymati 12 million dollar bo‘lgan «Chust textile» korxonasi bilan tanishdi

18 fev, 18:45 1 949 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident umumiy qiymati 12 million dollar bo‘lgan «Chust textile» korxonasi bilan tanishdi Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Chust tumanidagi «Chust textile» xususiy korxonasini borib ko‘rdi. Yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash - davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi. Shu maqsadda shahar va tumanlarda to‘qimachilik majmualari tashkil etilmoqda. Chunki buning uchun xomashyo, infratuzilma va bozor bor.

«Chust textile» korxonasi «Namangan» erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan. Fabrikaning ikkita kompleksida 1 ming 300 kishi mehnat qilmoqda.

Korxona buyurtmaga qarab, barcha turdagi ustki va ichki kiyimlarni ishlab chiqarishi mumkin. 2020 yilda qariyb 2 ming tonna mato hamda 5 million 200 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, Italiya, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikiston kabi davlatlarga 9 million dollardan ziyod eksport qilingan. Joriy yilda eksportni 12 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Prezident korxonadagi ish jarayonini, tayyor mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
- Ilgari egilib paxta ekardik, egilib terardik, lekin boshqa davlatlarni boqardik. Oxirgi yillarda yaratilgan imkoniyatlar tufayli yangi korxonalar paydo bo‘lyapti, tadbirkorlar emin-erkin rivojlanyapti, qayta ishlash darajasi oshyapti. Klasterlar tuzib, paxtani egali qilganimiz uchun uning sifati ham o‘zgarayapti. Paxta sifatli bo‘lsa, tadbirkorga oson bo‘ladi, mahsuloti sifatli, raqobatbardosh bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yana bir jihati, korxona binolari ko‘p materiallar sarflanmay, angar usulida barpo etilgan. Natijada qurilishning o‘zidan 6 million dollar iqtisod qilingan.

Davlatimiz rahbari buning mahsulot tannarxiga, raqobatbardoshligiga ta’sirini ta’kidlab, boshqa to‘qimachilik majmualarini ham shunday loyiha asosida qurish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Chust textile» loyihasining umumiy qiymati qariyb 12 million dollar bo‘lib, uch bosqichga mo‘ljallangan. To‘liq quvvatda yiliga 5 ming tonna mato, 15 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi. Ishchilar sonini 2200 ga yetkazish rejalashtirilgan.

Shu yerda Namangan viloyatida amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari taqdimot qilindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 223
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 123
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 64
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 242
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 62
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 13
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 80
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 52
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 125
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 45
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 88
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 98
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 220
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 88
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 132
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 124
  • Bo‘limlar