“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 14:10
ЎЗO‘Z

Fuqarolik olish tartibi o‘zgaradi: O‘zbekistonda yashash guvohnomasini 2005 yilgacha olish bo‘yicha talab bekor qilindi

17 fev, 14:25 2 219 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fuqarolik olish tartibi o‘zgaradi: O‘zbekistonda yashash guvohnomasini 2005 yilgacha olish bo‘yicha talab bekor qilindi Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil – «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi.Dasturga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Dastlabki loyihaga ko‘ra, 2021 yil 1 maydan boshlab O‘zbekistonga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, yashash guvohnomasi asosida doimiy yashayotgan, shuningdek, 15 yil davomida mamlakatda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilish nazarda tutilgan edi.

Davlat dasturi loyihasi joriy yilning 18–28 yanvar kunlari 2021.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz veb-portallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi hamda undagi fuqarolik olishni istagan shaxs O‘zbekistonda yashash guvohnomasini 2005 yilgacha olgan bo‘lishi kerakligi haqida talab olib tashlandi.

Loyihani amalga oshirish muddati – 2021 yil 1 may. Dastur ijrosi uchun Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 29 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida 15 yil davomida muqim yashagan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga to‘g‘ridan to‘g‘ri O‘zbekiston fuqaroligini berish tartibi joriy qilinishi haqida gapirgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 284
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 32
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 387
  • Bo‘limlar