“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2021, 16:36
ЎЗO‘Z

Maxsus sinovdan o‘tganlarga bir oylik harbiy xizmat to‘lovi uchun 50 foiz chegirma beriladi

17 fev, 13:00 1 507 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Maxsus sinovdan o‘tganlarga bir oylik harbiy xizmat to‘lovi uchun 50 foiz chegirma beriladi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov taqdim etgan jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 2021 yilgi rejalarda shu haqda ma’lum qilingan.

Unga ko‘ra, «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sinovlarining maxsus talablarini bajargan va g‘olib bo‘lganlar ularga yosh toifasiga qarab quyidagi imtiyozlarni berish orqali taqdirlanadi:
- tegishli sport razryadlari va unvonlari;
- safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uchun to‘lovlarga 50 foiz chegirma;
- muddatli harbiy xizmatga yuborilishida yuqori ustunlikka ega bo‘lish;
- «Temurbeklar maktabi»ga imtiyozli kirish;
- OTM talabalarini amaldagi stipendiya miqdorida bir marta rag‘batlantirish;
- respublika miqyosida ishga yoki o‘qishga qabul qilinishida jismoniy tayyorgarlik talab etiladigan barcha ijodiy imtihonlardan ozod bo‘lish.

Qayd etilishicha, 2021 yilda 55 ta sport ob’ekti foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari, 400 ta stritbol, 520 ta badminton va 893 ta «Vorkaut», jami 1 813 ta zamonaviy sport maydonchalari tashkil etiladi.Yil davomida respublika bo‘yicha jami 916 km uzunlikdagi «Salomatlik yo‘laklari» barpo etiladi. Bu borada har bir hududiy hokimliklarning hududiy dasturlari tasdiqlangan.

Aprel oyiga qadar sog‘lom turmush tarzi uchun www.1hls.uz internet-platformasi to‘liq ishga tushirilib, aholini kunlik yurishga targ‘ib qilish va antropometrik ko‘rsatkichlarini yaxshilash tizimi yaratiladi.

«Yuqoridagi barcha ishlarimizning natijasida 2021 yil yakuniga qadar jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchi aholining umumiy soni hozirgi 19 foizdan 25 foizga yetkaziladi», – deya ma’lum qildi Aziz Abduhakimov.



Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi 12 fev, 11:50
  • O‘zbekistonda 2021 yilda avia va temir yo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi 10 yanv, 11:25
  • O‘zbekistonda muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv e’lon qilindi 27 fev, 07:30
  • Harbiy xizmatchiga OTMga kirishi uchun tavsiyanoma berish tartibi belgilandi 05 fev, 21:50
  • Harbiy xizmatga chaqiruv rasman mart-aprel oylariga ko‘chirildi 05 sen, 20:23
  • Armiyada xizmat qilganlar uchun OTMlarga imtiyozli kirish masalasi koʻrib chiqiladi 04 sen, 11:54
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda hokim yordamchilariga qancha maosh berilishi ma’lum bo‘ldi 04 dek, 16:12 0
  • "Roma"ning "Inter"ga qarshi taxminiy tarkibi ma’lum. Shomurodov bugun maydonga tushadimi? 04 dek, 15:52 19
  • Ronaldu: Gol urish mana bundoq bo‘ladi! 04 dek, 15:26 72
  • "Men faqat "Nasaf" haqida o‘ylamoqdaman" - Marko Stanoyevich final oldidan 04 dek, 14:55 96
  • Fakt! Cheran maydonga tushmagan o‘yinlarda "Paxtakor" g‘alaba qozonmagan 04 dek, 14:33 131
  • “Roma” Shomurodovdan kamroq yugurishni talab qilyapti! 04 dek, 14:04 243
  • O‘zbekistonda sement narxi arzonlashishi kutilmoqda 04 dek, 13:37 193
  • Belarus tez orada G‘arbga qarshi javob sanksiyalari e’lon qiladi 04 dek, 13:07 231
  • Ringda raqiblar, sudda esa hukumat bilan kurashgan, sport tarixidagi eng buyuk shaxs — Muhammad Ali 04 dek, 12:30 225
  • Idish-tovoq yuvadigan gubkadan unumli foydalanishning 11 usuli 04 dek, 12:00 220
  • Saakashvili davlat pulini o‘zlashtirganlik bo‘yicha sud qilinmoqda 04 dek, 11:27 243
  • 5 dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi 04 dek, 10:57 287
  • Bo‘limlar