“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:37
ЎЗO‘Z

Prezident viloyat rahbarlariga 2021 yilda 1,6 milliondan ortiq ish o‘rni yaratish bo‘yicha topshiriq berdi

11 fev, 14:50 1 587 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident viloyat rahbarlariga 2021 yilda 1,6 milliondan ortiq ish o‘rni yaratish bo‘yicha topshiriq berdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat dasturiga bag‘ishlangan yig‘ilishda hududlar rahbarlariga aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi, deb xabar qiladi «Gazeta.uz».

Prezident yig‘ilishda dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarga sug‘oriladigan yerlardan 10 sotixdan 1 gektargacha yer ajratish boshlanganligini qayd etgan. «Bu jarayonda keng jamoatchilik fikri, ishtiroki ham ta’minlanmoqda», — deydi u.

«Yer ajratish jarayonlarida adolat va halollik bosh mezon bo‘lishi, buni bosh prokuror Yo‘ldoshev shaxsan nazoratga olishi zarur», — deya ta’kidlagan davlat rahbari.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev 2021 yilda Qoraqalpog‘iston respublikasi va viloyat rahbarlari qancha ish o‘rinlari yaratishi kerakligiga ham to‘xtalib o‘tgan. Prezident topshirig‘iga ko‘ra, hududlar rahbarlari jami 1 million 659 ming kishini ish bilan ta’minlashi kerak bo‘ladi.

Unga ko‘ra hududlar bo‘yicha fuqarolar bandligi quyidagicha ta’minlanishi kerak:
Murat Kamalov (Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi) — 72 ming nafar;
Shuhrat Abdurahmonov (Andijon viloyati hokimi) — 220 ming;
Botir Zaripov (Buxoro viloyati hokimi) — 82 ming;
Ergash Soliyev (Jizzax viloyati hokimi) — 131 ming;
Zoir Mirzayev (Qashqadaryo viloyati hokimi) — 162 ming;
Qobul Tursunov (Navoiy viloyati hokimi) — 60 ming;
Shavkat Abdurazzoqov (Namangan viloyati hokimi) — 200 ming;
Erkinjon Turdimov (Samarqand viloyati hokimi) — 160 ming;
To‘ra Bobolov (Surxondaryo viloyati hokimi) — 85 ming;
G‘ofurjon Mirzayev (Sirdaryo viloyati hokimi) — 62 ming;
Davron Hidoyatov (Toshkent viloyati hokimi) — 110 ming;
Xayrulla Bozorov (Farg‘ona viloyati hokimi) — 240 ming;
Farhod Ermonov (Xorazm viloyati hokimi) — 75 ming nafar fuqaro.

Eslatib o‘tamiz, «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev dasturdan asosiy maqsad qog‘oz yoki hisobot emas, balki odamlar hayotida ijobiy o‘zgarishlar qilish ekanligini ta’kidlagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 0
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 1
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • So'nggi yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 0
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 1
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 1
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 10
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 71
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 51
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 25
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 30
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 68
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 261
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 18
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 156
  • Bo‘limlar