“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 23:06
ЎЗO‘Z

Yosh va sog‘lom bo‘lay desangiz tongni zarchavali suv bilan qarshi oling

28 yanv, 11:20 2 926 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yosh va sog‘lom bo‘lay desangiz tongni zarchavali suv bilan qarshi oling Foto: Harper’s Bazaar
ongni qanday qarshi olish kunning o‘tishiga hissa qo‘shishi shu sabab ham nonushtani foydali mahsulotlar bilan qilish kerakligi haqida bir necha marta takrorlangan. Mutaxassislar nonushtadan 30-40 daqiqa avval bir stakan suyuqlik ichish kerakligi bu organizmni tetiklashtirish uchun ahamiyatli ekanini ta’kidlashdan charchamaydi. Suv ichish eng oddiy va bosh qotirishga ham hojat bo‘lmagan variant, yanada foydali bo‘lishi uchun esa unga zarchava qo‘shish kerak.

Hindiston tabobatida alohida e’tirof etiladigan zarchavaning foydali xususiyatlari XXI asrning boshlarida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda ham isbotlangan.

Foydali xususiyatlari
Zarchava qo‘shilgan suv organizmni shlak, toksin va ortiqcha tuzlardan xalos etib, shishlarning ketishiga hissa qo‘shadi. Tongda shish bilan uyg‘onadiganlar uchun ushbu ichimlik ayni muddao. Uning tarkibidagi faol moddalar qondagi glyukoza miqdorini nazorat qiladi va ishtahani kamaytiradi. Zarchava oshqozon suyuqligi ishlab chiqarilishini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini tezlashtiradi.

Bundan tashqari, tarkibidagi kurkumin hujayralarni shikastlanishdan saqlovchi, yallig‘lanishga qarshi kurashuvchi va qarish jarayonini sekinlashtirib, teri ahvolini yaxshilovchi eng yaxshi antioksidantlardan biri sanaladi. Faol birikmalar kognitiv qobiliyatlarini yaxshilaydi, ish samaradorligini oshirib, tetiklashishga qahvadan kam bo‘lmagan ta’sir ko‘rsatadi. Muntazam iste’mol qilinganda, kurkumin ko‘plab surunkali kasalliklar: qandli diabet, yurak yetishmovchiligi kabilarni oldini oladi.

Qanday iste’mol qilish kerak?
Iliq qaynagan suvga ½ choy qoshiq zarchava qo‘shing. Oshqozon-ichak traktida muammosi bo‘lmaganlar biroz qora murch qo‘shishi ham mumkin. Murch zarchavaning ta’sirini jadallashtiradi. Salomatlikda ijobiy o‘zgarish kuzatilishi uchun ushbu ichimlikni kamida 3 hafta ichish tavsiya qilinadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 154
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 97
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 211
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 328
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 167
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 287
  • So'nggi yangiliklar
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 1
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 0
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 0
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 48
  • Eldor Shomurodov transferiga narx belgilandi! 24 apr, 21:25 81
  • Futzal. O‘zbekiston Vetnam ustidan irodali g‘alaba erishib, yarim finalga yo‘l oldi 24 apr, 21:09 57
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 21
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 23
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 160
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 206
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 287
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 294
  • Bo‘limlar