“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2021, 23:43
ЎЗO‘Z

Nonushta uchun eng foydali bo‘tqa qaysi?

28 yanv, 10:43 723 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nonushta uchun eng foydali bo‘tqa qaysi? Foto: Freepik
JSST mutaxassislari va parhezshunoslari bo‘tqalarning foydali yoki yo‘qligi haqida turli fikr bildiradi. Ulardan ayrimlari ushbu mahsulotning ortiqcha uglevod koni ekanligini ta’kidlasa, qolganlar foydasi bisyor ekanini ma’lum qiladi. Fan esa faqat bir shart bilan ikkinchi qarashni ma’qullaydi: bo‘tqa darhaqiqat foydali, faqat buning uchun yormalar butun va kam miqdorda qayta ishlangan bo‘lishi kerak. Bo‘tqalar organizm uchun muhim bo‘lgan va ochlik hissini qondiradigan vitamin, mineral va sekin singadigan uglevodlarning koni sanaladi.

Qanday bo‘tqa eng foydali?
Mutaxassislar bir ovozdan grechkaning salomatlik va organizm uchun koni foyda ekanini ta’kidlaydi. Unda oshqozon-ichak trakti uchun foydali bo‘lgan, shuningdek, uzoq vaqt davomida qorinni to‘q tutish xususiyatiga ega bo‘lgan kletchatka limmo-lim bo‘ladi. Shu sabab ham nonushtani bir tarelka grechka bilan qilgandan keyin uzoq vaqt davomida ochlik nimaligi bilinmaydi. Qolaversa, grechka tarkibida o‘simlik oqsili ko‘p bo‘lgan mahsulotlar orasida rekordsmen sanaladi. Undagi oqsilning sifatli ekani sabab ham sportchilar, vegaterianlar ushbu mahsulotni kanda qilmaydi.

Foto: Harper’s Bazaar
Grechka boshqa yormalarga nisbatan minerallarga boyroq sanaladi. Unda marganets, mis, magniy, temir hamda fosfor serob. Ushbu minerallar organizmdagi barcha a’zolarning faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Temir va mis yurak-salomatligi, magniy asab tizimi va kognitiv qobiliyatlar, fosfor va marganets esa moddalar almashinuvi, to‘qimalar regeneratsiyasi uchun ahamiyatli.

Shuningdek, grechkada hujayralarni shikastlanishdan himoya qiladigan, yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishini oldini oladigan, qolaversa qarish jarayonini sekinlashtirib, teri ahvolini yaxshilaydigan antioksidantlar ham yetarli miqdorda mujassam. Shunga qaramay, faqat grechka iste’mol qilish bilan cheklanish kerak emas. Ratsionning balansda va xilma-xil bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • To‘yimli va foydali: To‘g‘ri nonushta uchun muhim bo‘lgan 6 mahsulot 26 yanv, 09:30
  • Go‘shtning foydali va zararli turlari 09 yanv, 23:30
  • Voz kechish tavsiya qilinadigan 7 odatiy nonushta 17 dek, 07:00
  • Qaysi mahsulotlar go‘sht o‘rnini bosib, organimzni oqsil bilan ta’minlay oladi? 05 iyul, 21:38
  • Foydali nonushta qanday bo‘ladi? 20 iyun, 11:00
  • Boʻtqalarning baʼzi turlari organizm uchun mutlaqo foydasiz ekan 07 mar, 07:27
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi «Avtomoyka»dan olib qochilgan «Nexia-3» Andijonda topildi 25 fev, 23:30 0
  • Xitoylik oila «ortiqcha» bolalar uchun katta jarima to‘ladi 25 fev, 23:00 0
  • Dunyoni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan 4 odam 25 fev, 22:30 0
  • Rossiyada «Sputnik V» vaksinasining narxi ikki baravar pasaytirildi 25 fev, 21:57 1
  • Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik o‘ldirib ketildi 25 fev, 21:31 205
  • Issiqxonalar qarzdorlik evaziga bank hisobiga o‘tkazib berildi 25 fev, 21:10 156
  • Yo‘qolib qolgan qo‘y 35 kilo jun berdi (video) 25 fev, 20:45 264
  • Britaniyalik olimlar eng ko‘p ichadigan kasb egalarini aniqlashdi 25 fev, 20:13 308
  • Bahodir Jalolov "Stranja" turnirida ikkinchi jangini o‘tkazdi 25 fev, 20:08 294
  • Sovuqdan hatto Niagara sharsharasi muzlab qoldi (video) 25 fev, 19:46 374
  • Jerar Deparde yosh aktrisaga zo‘ravonlik qilishda ayblanmoqda 25 fev, 19:15 449
  • O‘zbekistonda gaz zapravkalari faoliyatiga yana cheklov o‘rnatildi 25 fev, 18:48 293
  • Bo‘limlar