“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 12:05
ЎЗO‘Z

Prezident qator rahbarlarga yangi vazifa yukladi

28 yanv, 09:44 2 288 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident qator rahbarlarga yangi vazifa yukladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimizda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 18 milliondan ziyod. Bu – aholining qariyb 55 foizini tashkil etadi. Zamon talablarini ilg‘ash va amalga oshirish, soha va tarmoqlarni olg‘a boshlashda bu juda katta tayanch, bebaho xazinadir.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston yoshlari forumi hamda Oliy Majlisga Murojaatnomasida yosh avlod manfaatlariga qaratilgan muhim g‘oya va tashabbuslarni ilgari surgan edi. 2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili, deb e’lon qilindi.

Bugungi yig‘ilishda o‘sha forum va Murojaatnomada aytilgan takliflarni amalga oshirish, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangicha tizimni joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu ishlar ikkita muhim yo‘nalishda tashkil qilinishi zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. Birinchisi – yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish orqali ularning bandligini ta’minlash bo‘lsa, ikkinchisi – yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishdir.

Bugungi kunda 18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz ekani qayd etildi. Shu boradagi masalalarni tizimli hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi joylarda o‘g‘il-qizlarning takliflarini «mahallabay» o‘rganmoqda. Bu o‘rganishlar yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, ular uchun kredit ajratishda haligacha ko‘plab kamchiliklar saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida ham ko‘plab muammolar bor. Aksariyat madaniyat markazlari, istirohat bog‘lari va sport komplekslarining moddiy-texnik bazasi qoniqarsiz, to‘garaklar nomiga ishlayapti.

Yig‘ilishda bu muammolarni manzilli hal etish uchun har bir tuman va shahar kesimidagi ustuvor vazifalar ko‘rsatib o‘tildi. Unga muvofiq:

Joriy yilda 500 ming nafar yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish zarurligi ta’kidlandi. Tuman va shaharlarda an’anaviy yoki masofaviy o‘quv kurslarini ko‘paytirish, ishsiz yoshlarni ushbu tizim orqali kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitib, bandligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

«Ishga marhamat» monomarkazlari hamda kasb-hunar kollejlarini asbob-uskuna bilan ta’minlash, kasb standartlarini ishlab chiqish va o‘qituvchilar malakasini oshirish vazifalari belgilandi.

«Yoshlar: 1+1» dasturi doirasida o‘g‘il-qizlarni tadbirkorlarga biriktirib, ularda biznes ko‘nikmalarini shakllantirish, imtiyozli kreditlar ajratib, o‘z faoliyatini boshlashga ko‘maklashish zarurligi aytildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga joylarda yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 88
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 291
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 103
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 240
  • So'nggi yangiliklar
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 2
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 16
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 49
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 9
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 228
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 166
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 31
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 118
  • Bo‘limlar