“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:10
ЎЗO‘Z

To‘yimli va foydali: To‘g‘ri nonushta uchun muhim bo‘lgan 6 mahsulot

26 yanv, 09:30 2 548 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
To‘yimli va foydali: To‘g‘ri nonushta uchun muhim bo‘lgan 6 mahsulot Foto: Freepik
Nonushta nafaqat kun davomida energiyaga to‘la bo‘lish, balki kayfiyat a’lo darajada bo‘lishining ham garovi hisoblanadi. Foydali mahsulotlar bilan qilingan to‘g‘ri tanovul kun bo‘yi to‘q tutgani sabab kishi pala-partish ovqatlanmaydi, organizmda esa muammo kuzatilmaydi.

Tuxum
Tuxumni har kuni iste’mol qilish, shu bilan birga turli usulda tayyorlash mumkin. Tayyorlashga uzoq vaqt ketmasligi esa ertalabdan ish yoki o‘qishga shoshadiganlar uchun ayni muddao. Tuxumning sarig‘ida bir qancha ko‘z kasalliklari, xususan, kataraktaning oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan antioksidantlar lyutein va zeaksantin bisyor bo‘ladi. Shuningdek, ushbu mahsulot miya va jigar salomatligi uchun muhim bo‘lgan muhim oziqa moddasi xolinni o‘z ichiga oladi. Uch dona katta tuxumda 20 gramm yuqori sifatli oqsil mujassam bo‘ladi.

Yogurt
Mazali va qorinni to‘q tutish xususiyatiga ega bo‘lgan mazkur yogurtni nafaqat o‘zini, balki yong‘oq, asal va mevalar bilan ham qo‘shib iste’mol qilish mumkin. Yogurtda ochlik hissini bartaraf etadigan, shuningdek, metabolizmni jadallashtirib, to‘q bo‘lishni ta’minlaydigan oqsillar mo‘l bo‘ladi.

Qahva
«Baxt eliksiri» deb ta’rif beriladigan qahva tarkibidagi kofein uyg‘onishga yordam beradi, kayfiyatni ko‘taradi. Biroq uni me’yorida iste’mol qilish hamda mazali bo‘lishi uchun boshqa qo‘shimchalarni qo‘shib, kaloriya ortib ketmasligiga e’tibor berish kerak.

Ko‘k choy
Qahvani yoqtirmaydiganlar uchun ko‘k choy eng yaxshi variant. Bir finjon ko‘k choy tarkibida qahvadagidan ikki karra kam kofein mavjud.

Suli yormasi
Mazkur foydali yorma tarkibida xolesterinni kamaytirish uchun hissasi yuqori bo‘lgan, shuningdek, salomatlik uchun foydali kletchatkalar miqdori ko‘p bo‘lgani sabab ham undan tayyorlangan bo‘tqa bilan tongni boshlash tavsiya qilinadi.

Chia urug‘i
To‘yimli hisoblangan chia urug‘i ham suli yormasi singari kletchatkalarning koni. O‘tkazilgan tadqiqotlarda qandli diabetga chalingan bemorlar muntazam ravishda chia urug‘ini iste’mol qilganidan keyin ochlik hissini tuyishi kamaygani hamda qondagi qand miqdori va arterial qon bosimi me’yorga kelgani aniqlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 312
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 209
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 473
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 314
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 349
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 426
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 0
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 0
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 1
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Bo‘limlar