“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 14:13
ЎЗO‘Z

«Hotamovlar oilasi prezident uyga poyabzalini yechib kirishini ular mutlaqo kutmagandi»

25 yanv, 09:55 2 730 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Hotamovlar oilasi prezident uyga poyabzalini yechib kirishini ular mutlaqo kutmagandi» Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyevning 22—23 yanvar kunlari Buxoro viloyatiga amalga oshirgan safariga bag‘ishlangan maxsus reportaj e’lon qildi. Rus tilida tayyorlangan 25 daqiqalik ko‘rsatuvda, jumladan, prezidentning Buxoro shahridagi Ne’mat ota Hotamov xonadoniga tashrifi tafsilotlari ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Prezident Buxoro shahrining «Nizomiy» mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rgani haqida xabar berilgan edi. Ilgari bu hududda pana-pastqam, kanazilatsiyasi yo‘q uylar bo‘lib, «shahar ko‘rkini buzib turgan». 2020 yilda bu yerda yetti qavatli uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etildi.

Reportaj muallifining ta’kidlashicha, «Hotamovlar oilasi yuksak martabali mehmonning kelishiga tayyorgarlik ko‘rib qo‘ygan edi, ammo prezident ostonada poyabzalini yechgani xonadon egasi uchun mutlaqo kutilmagan hol bo‘ldi». Videoda Ne’mat Hotamov prezidentga poyabzalni yechmay kirishi mumkinligini aytishga taraddudlanib, shoshilib qolganini ko‘rish mumkin.

pic.twitter.com/5RkNdMHaNB

— Shukhrat (@bankir2102) January 25, 2021

Prezident xonadonda yaratilgan sharoitlar bilan qiziqqan. Bu vaqtda uy egasining nevarasi «qonun-qoidasida yozilganidek qilib», prezidentga choy uzatgan. «U o‘z his-hayajonini bazo‘r ushlab turganini sezish mumkin», — deydi kadr ortidagi ovoz. Shu vaqtda uning buvisi vaziyatni darhol nazoratga olib, ko‘z qarashi bilan «ushbu tadbir protokoli bo‘yicha» choyni endi kimga uzatish kerakligini nevarasiga uqtirgan. «Bu yerda endi ustuvorlik yoshga qarab belgilanadi», — deydi reportaj muallifi.

pic.twitter.com/ihaysLJAPU

— Shukhrat (@bankir2102) January 25, 2021

Dasturxon atrofida kechgan dildan suhbat davomida prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zi ham qiynalib o‘sgani, uzoq qishloqdan chiqqan odam ekanini ta’kidlagani haqida avval xabar berilgan edi. «Mehnatim bilan o‘qishga kirib, odamlarning armonini, qiynalganini bilganman», — degan edi davlat rahbari Hotamovlar oilasi vakillari bilan suhbatda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 284
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 32
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 387
  • Bo‘limlar