“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 16:10
ЎЗO‘Z

Oston O‘runovni “sindirib” bo‘lmaydi!

24 yanv, 10:28 2 036 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oston O‘runovni “sindirib” bo‘lmaydi! “Ufa”da Oston O‘runovga ustozlik qilgan va hamyurtimiz Rossiya futboliga moslashishida katta yordam bergan Vadim Yevseyev “Sport Ekspress” nashriga intervyu berib, o‘zbek futbolchisi jamoadan joy olish uchun qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tgani haqida gapirdi. Tajribali murabbiy vaqti kelib, Oston O‘runov bor mahoratini ko‘rsata olishiga ishonch bildirmoqda.

“Ufa”ning sobiq bosh murabbiyi Vadim Yevseyev intervyusining Oston O‘runovga tegishli qismini tarjima qilgan holda e’tiboringizga havola qilamiz.

- Siz Oston O‘runovni juda yaxshi bilasiz. Unga “Ufa”da ustozlik qilgansiz. U “Spartak”da yana sabr qilishi kerakmi yoki u hali Moskva klubida o‘ynash va bu jamoaning ashaddiy muxlislari bosimiga dosh berishga tayyor emasmi?
- Avvalo, Oston endigina 20 ga to‘lganini unutmang! Har kim ham bu yoshda yangi jamoaga osonlikcha ko‘nika olmaydi. O‘runov bizning chempionatda o‘ynay boshlaganiga hali bir yil ham bo‘lmadi. Unga vaqt va murabbiy ishonchi kerak. Ko‘p narsa shunga bog‘liq. Lekin “Spartak”day jamoada har qanday murabbiydan hozirning o‘zida natija talab qilinadi.

Ostonning salohiyati juda yuqori. Jismoniy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham yetuk futbolchilardan qolishmaydi. Masalan, uning jismoniy ko‘rsatkichlari Nikola Vlashichniki bilan bir xil. Hatto tana mushaklari hajmi ham o‘xshash.

O‘runovda tezkor dribling, maydonni ko‘ra olish qobiliyati, kuchli zarba – nimaiki kerak bo‘lsa hammasi bor. Hozir biz SSKAga kelgunga qadar, o‘z davrida “Everton”da o‘ynagan va ayni paytda Xorvatiya terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan birini O‘zbekiston chempionatidan kelgan yosh futbolchi bilan solishtiryapmiz. Ularning yoshida ham farq bor. Nikola Vlashich chempionatimizga yetuk charm to‘p ustasi sifatida kelgan. O‘runov esa faoliyatini endi boshlayapti. Balki, Oston yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga ketgani ma’quldir.

“Spartak”ga o‘tishidan oldin unga SSKA jiddiy da’vogarlik qilganini aniq bilaman. Aslida Oston “Ufa”ga SSKA o‘tgan yilning yanvarida unga viza olib berolmaganidan keyin kelgan edi. Bundan tashqari, o‘zbek futbolchisini “Rubin” ham olishni qattiq istagan. O‘tgan yilning avgustida “Rubin” bilan o‘ynaganimizda, qozonliklar bosh murabbiyi Leonid Slutskiy mendan O‘runov haqida batafsil ma’lumotlarni so‘rab oldi.

- O‘runovning mentaliteti jiddiy klublarda o‘ynash talabiga javob beradimi?
- U oddiy, kamtar yigit. Jizzaki emas. O‘zini ko‘rsatishni yoqtirmaydi.

- Ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan brend mahsulotlar ko‘z-ko‘z qilingan mashhur suratlarchi?
- Shunday bo‘lgan, nima qilibdi? Masalan, menga uning mashg‘ulotlarda nimalar qilgani muhimroq. Mashg‘ulotlar jarayonida o‘yinni o‘ziga olishdan, boshqalarni aldab o‘tishdan cho‘chimas edi. Jamoadagi yoshi katta futbolchilarning bundan jahli chiqib, unga qo‘pollik qilishardi. Lekin u biror marta og‘riqni ko‘rsatmagan, tajovuzkorlik qilmagan.

O‘runov og‘riqlarga chidamli, irodali yigit. Men uning kelajagi porloq ekaniga ishonaman.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 394
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 197
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 86
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 379
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 287
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 180
  • So'nggi yangiliklar
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 9
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 19
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 97
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi 26 apr, 10:10 298
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 94
  • Bo‘limlar