“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:21
ЎЗO‘Z

Nurmat Otabekov fevral oyida karantin cheklovlari qayta tiklanishiga oid xabarlarga izoh berdi

24 yanv, 07:40 4 791 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nurmat Otabekov fevral oyida karantin cheklovlari qayta tiklanishiga oid xabarlarga izoh berdi Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda ham aniqlangani, bu kasallik oldingisidanda og‘ir kechishi to‘g‘risidagi audio tarqaldi. Shuningdek, Toshkent davlat pedagogika universitetida ham virusning yangi shtammi qayd etilganiga oid ma’lumotlar e’lon qilindi.

Gap bundoq, fevral oyidan boshlab karantin qaytarkan. Kovid markazlar yana ochilarkan. Yangi shtammda burun bitib, tomoq yiringlashi, ich ketishi bilan kecharkan. Kasallik juda keskin kecharkan. Kimda kuzatilsa darhol shifokorga murojaat qilsin”, – deydi kimligi noma’lum bo‘lgan erkak.

Vaziyat bo‘yicha izoh olish uchun Koronavirusga qarshi kurashish respublika shtabi a’zosi Nurmat Otabekov bilan bog‘landik.
O‘zbekistonda koronavirusning yangi shtammi qayd qilinmagan. Yuqoridagi audioda aytilgan belgilar oldingi shtammga ham xos bo‘lishi mumkin. Yangi shtamm qayd qilinmagani tufayli ehtiyot choralarini susaytirish yaramaydi. Biz hamon pandemiya davrida yashayapmiz.

Karantin choralarining fevral oyida kuchaytirilishi haqidagi gaplar o‘rinsiz. Bu borada faqat respublika maxsus komissiyasi qaror chiqarishi mumkin. Bunday qaror chiqarilganda esa rasman e’lon qilinadi.

O‘zbekistonda har kuni turli hududlarda koronavirus aniqlanmoqda. Shu jumladan, Toshkent davlat pedagogika universitetining talabasida ham koronavirus infeksiyasi qayd etilgani rost. Ammo bu yangi shtamm emas, umuman epidemiologik vaziyat ham barqaror. O‘sha fakultet talabalariga ma’lum muddat javob berilgani esa standart amaliyot.

Takror aytaman, kasallik bizga kirib kelmabdi, deya xotirjamlikka berilish, himoya va gigiyena qoidalarini unutish to‘g‘ri emas. Ehtiyot choralari hamon amalda
”, – dedi Nurmat Otabekov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 87
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 542
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 508
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar