“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 20:46
ЎЗO‘Z

Amerikalik erkak 75 ming dollar evaziga oyoqlarini uzaytirdi

22 yanv, 15:18 2 350 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerikalik erkak 75 ming dollar evaziga oyoqlarini uzaytirdi Foto: Daily Mail
Texas shtatining Dallas shahrida istiqomat qiluvchi Alfonso Flores bo‘yini o‘stirib, xuddi basketbolchilarga o‘xshash borasidagi orzusini amalga oshirish uchun 75 ming dollarga oyoqlarini operatsiya qildirdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ta’kidlanishicha, 28 yoshli erkak o‘smirligidayoq bo‘yi baland bo‘lishini istagan. 2020 yilda u jarroh-ortoped Kevin Debiparshad rahbarligidagi Las-Vegasda joylashgan klinikalarning birida qimmat turuvchi operatsiyani o‘tkazishga qaror qilgan.

Doktor Debiparshadning so‘zlariga ko‘ra, tos sonini uzaytirish bo‘yicha LimbplastX soatbay kosmetik jarayoni minimal darajada invaziv hisoblanadi — jarrohlar bemor oyog‘ida to‘rttadan oltitagacha kesishlarni amalga oshiradi.

Foto: Daily Mail
Son suyagi bo‘shlig‘iga bemor masofadan turib boshqarish pulti yordamida boshqara oladigan superzamonaviy implant joylashtiriladi. Sekin-asta uzayib, qurilma suyakni cho‘zadi.

Alfonso jarrohlik amaliyotidan bir soat o‘tib, yura boshlagan va uning tan olishicha, operatsiya kutganidek og‘riqli bo‘lib chiqmagan.

Foto: Daily Mail
Natijada erkakning bo‘yi besh santimetrga oshib, 185 santimetrga yetgan.

«180 santimetr yaxshi bo‘y ekanligini bilaman va ko‘plab insonlar shunga ham xursand bo‘ladi, ammo men balandroq bo‘lishni xohladim», — deydi amerikalik.

U o‘zi havas qilgan insonlar orasida basketbolchilar Maykl Jordan, Fil Jekson, Kobi Brayant va otasi borligini sanab o‘tgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 59
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 151
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 74
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 52
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 115
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 74
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 0
  • Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi? 18 apr, 19:38 58
  • Futzal. Qirg‘izistonliklar amaldagi Osiyo chempionini mag‘lub etishdi 18 apr, 19:19 32
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 11
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 31
  • Kepaning 5 yil oldin ko‘rsatgan "hunari" bugun "Real"ni yarim finalga olib chiqmoqda 18 apr, 18:25 73
  • Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi” 18 apr, 18:03 151
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 41
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 80
  • Gvardiola: «Man Siti» bugun har tomonlama ajoyib edi» 18 apr, 17:07 46
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 92
  • Shifokor tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydigan 3 xil vitamin 18 apr, 16:23 63
  • Bo‘limlar