“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 13:20
ЎЗO‘Z

MIB xodimlariga ham oson emas!

22 yanv, 13:13 2 755 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
MIB xodimlariga ham oson emas! MIB Farg‘onadagi uyi sotib yuborilgan yolg‘iz ayol farzandi bilan ko‘chaga quvilyapti” degan video-xabarlarga munosabat bildirdi.
Majburiy ijro byurosi tizimidagi davlat ijrochilarining ishining og‘irligi va jamiyatdagi og‘ir kasblardan biri bo‘lib qolmoqdami?
Sud qarori qabul qilinganidan so‘ng, uni amalda ijro qilib berish MIB ijrochilari zimmasida, qarorning mazmuni esa, har doimgidek muhokama qilinmaydi.

Sud qarori bo‘yicha javobgar tomondan ham ko‘ra keyingi vaqtlarda MIB xodimlari ko‘proq jabr ko‘rayotgandek. Ijtimoiy tarmoqlarda “Uyi sotib yuborilgan yolg‘iz ayol farzandi bilan ko‘chaga quvilyapti” degan video-xabarlar tarqaldi.

pic.twitter.com/pUzUk7BXEF

— Shukhrat (@bankir2102) January 22, 2021

Biz bu bo‘yicha MIBning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i F.Toshpulatovdan izoh oldik. Aniqlanshicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 10.12.2015 yildagi 1-8406/15-sonli ijro hujjatiga asosan qarzdor F.Usmanovadan undiruvchi ATB “Turon bank” Farg‘ona filiali foydasiga 91.343.964 so‘m kredit qarzi va davlat foydasiga 18.268.792 so‘m davlat boji undirish, undiruvni F.Usmanovaga tegishli bo‘lgan garovga qo‘yilgan Farg‘ona shahar, Mash’al MFY, Farobiy ko‘chasi, 9/9-sonli uy, 9-xonadonga qaratish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati 20.12.2018 yilda Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limiga kelib tushgan va shu kuni davlat ijrochisi N.Rasulov tomonidan 4816-sonli ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor F.Usmanova bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan kredit qarzi va davlat bojini to‘lamasdan kelganligi sababli undiruv Farobiy ko‘chasi, 9/9-sonli uy, 9-xonadonga qaratilib, 30.03.2019 yilda «E-IJRO AUKSION» savdosiga chiqarilgan.

09.08.2019 yilda o‘tkazilgan auksion savdosida №OA-000063-sonli g‘oliblik bayonnomasiga fuqaro M.Arslanov tomonidan 138.001.028 so‘mga yutib olgan va bu haqda qarzdor F.Usmanova va uning turmush o‘rtog‘i U.Kariyevlar ogohlantirilgan.

Majburiy ijro byurosining Farg‘ona shahar bo‘limi depozit hisob raqamiga 136.621.017 so‘m pul mablag‘i kelib tushgan bo‘lib, shundan 33.247.884 so‘mi bank foydasiga, 18.268.792 so‘mi davlat boji, 1.096.127 so‘mi ijro yig‘imi uchun o‘tkazilgan.

06.11.2020 yilda qarzdor F.Usmanovaning arizasiga asosan 14.000.000 so‘m pul mablag‘i singlisi N.Mo‘minovaning qarzdorligi uchun “Baraka lizing” MCHJ hisob raqamiga va 463.000 so‘m davlat boji uchun o‘tkazib berilgan.

Depozitda qoldiqda qolgan 69.545.214 so‘m pul mablag‘ini qarzdor F.Usmanova qaytarish haqida unga bir necha bor taklif etilganida pul mablag‘larini olishni rad qilgan, shuningdek omonat hisob raqamlarini taqdim etishdan bosh tortib kelgan. Keyin nima bo‘ldi?

Qarzdor F.Usmanovani Farg‘ona shahar, Farobiy ko‘chasi 9/9-uy 9-xonadonidan ko‘chirish bo‘yicha ijro hujjati yuzasidan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 21.02.2020 yildagi 2-1501-1921/26900-sonli ijro hujjatiga asosan, qarzdor Fotima Usmonovani Farg‘ona shahar, Mash’al MFY, Farobiy ko‘chasi 9/9-uy 9-xonadonidan ko‘chirib, da’vogar M.Arslanovni ushbu xonadonga kiritib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro xujjati Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga 24.03.2020 yilda kelib tushgan va majburiy ijroga qaratilgan.

FIB Farg‘ona tumanlararo sudining 25.05.2020 yildagi ajrimiga asosan qarzdor F.Usmonovaning bergan kassatsiya shikoyati mazmunan hal qilinguniga qadar ijro harakatlari to‘xtatilgan.

FIB Farg‘ona viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 08.10.2020 yildagi ajrimiga asosan FIB Farg‘ona tumanlararo sudining 21.02.2020 yildagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz, kassatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Shunga ko‘ra, FIB Farg‘ona tumanlararo sudining aloqa xatiga asosan ijro harakatlari davom ettirilib, 28.10.2020 yil hamda 15.01.2021 yilda F.Usmonovani Forobiy ko‘chasi 9/9-uyning 9-xonadondan ko‘chirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan, biroq F.Usmonovaning provokatsion xatti-harakatlari sababli ijroni amalga oshirish imkoni bo‘lmagan.

Xususan, 15.01.2021 yilda o‘tkazilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida ham F.Usmonova o‘tkir hidli benzinga o‘xshash suyuqlikni uy ichiga va ijro harakatini o‘tkazishda ishtirok etayotgan xodimlarga sepishga uringan va uyni yoqib yuborishini ma’lum qilgan. Shu sababli, majburiy ijro harakatlari to‘xtatilib, boshqa kunga qoldirilgan.

Sud qarori har doim ham tomonlarning biri foydasiga chiqmasligi mumkin, vaqti-soati keldib, qarzdorni uydan chiqarish yoki mol-mulkni qarz evaziga xatlash uchun MIB davlat ijrochilari kelganida, o‘z joniga qasd qilish bilan ijro ishini to‘xtatish, bu to‘g‘ri yechim emas.
Chunki, sud qarori boshqa tarzda o‘zgarmas ekan, ertami-kech MIB xodimi (boshqasi) kelib ijro etishga kirishadi.

Shu o‘rinda bankdan kredit olgan qarzdorlarni moddiy ahvolidan kelib chiqib, kredit oluvchilar ham imkoniyat-yu, imtiyozlar berilishi, muddatlarning cho‘zilishi kredit ishlarining sudlarga, keyin MIB idoralariga bormasligi, bu kabi noxush holatlarning oldini olishga xizmat qilmasmikan deb o‘ylab qolasan kishi.

Aslida, davlat xizmatchilariga bo‘lgan munosabat, bu qaysidir ma’noda davlatga bo‘lgan munosabatni anglatadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 73
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 535
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 485
  • So'nggi yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 0
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 83
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 40
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 234
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bo‘limlar