“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 00:28
ЎЗO‘Z

DXX va IIV tomonidan “jixodchilar” ekstremistik oqimining yashirin guruhi a’zolari qo‘lga olindi

21 yanv, 13:26 3 036 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX va IIV tomonidan “jixodchilar” ekstremistik oqimining yashirin guruhi a’zolari qo‘lga olindi Shu yilning 21 yanvar kuni Sirdaryo viloyati bo‘yicha DXX Boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Sirdaryo viloyatida “jixodchilar” ekstremistik oqimining yashirin guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi.

Mazkur guruhning 2 nafar yetakchisi Rossiya Federatsiyasida mavsumiy ishlashi davomida radikal guruhlar ta’siriga tushib, yashash joyiga qaytib kelganlaridan so‘ng aholi orasida o‘zlarining buzg‘unchi g‘oyalarini targ‘ib qilish va Internetning ijtimoiy tarmoqlari orqali xalqaro terrorchilik tashkilotlarning g‘oyaviy rahnomalarining ma’ruzalarini tarqatish bilan shug‘ullanishgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori asosida ta’qiqlangan ekstremistik va terrorchilik guruhlarga aloqador shaxslarning maqola va ma’ruzalarini internet tarmog‘idan yuklab olib, ularni saqlash va atrofdagilarga tarqatish, shuningdek, Suriya Arab Respublikasida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etuvchi terrorchilik guruhlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullangan.

Ushbu jinoiy guruh rahbarlari 2020 yilda Sardoba suv ombori bilan bog‘liq suv toshqini oqibatida talofat ko‘rgan masjidlarning qayta qurilishiga moddiy ko‘mak yig‘ishni aytib, “Telegram” mobil messenjerida hayriya guruhini ochib, muqaddas qadamjoning qayta qurilishiga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan mo‘min musulmonlarni aldab, ular tomonidan bank plastik kartasiga tushirilgan mablag‘larni Suriyaga jo‘natish bilan shug‘ullanganlar.

Shu o‘rinda, qo‘lga olinganlardan ba’zilari karantin cheklovlari bekor qilingach, Suriyaga chiqib ketishni rejalashtirish maqsadida ushbu mamlakat hududidagi maslakdoshlari bilan aloqada bo‘lib kelganlar.

DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu ekstremistik guruhning aholiga salbiy ta’siri va yoshlarni buzg‘unchi yo‘llarga boshlashining oldi olinib, viloyat IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ekstremistlarning barcha a’zolari qo‘lga olinib, yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuv tergov xarakatlari davomida, ularning jinoiy faoliyatini fosh etuvchi daliliy ashyolar olindi.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov-surishtiruv ishlar davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 33
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 125
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 29
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 206
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 79
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 30
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 1
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 5
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 16
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 10
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 19
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 20
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 137
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 239
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 17
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 33
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 125
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 449
  • Bo‘limlar