“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2021, 10:35
ЎЗO‘Z

3-divizion klubi "Real"ni Ispaniya kubogidan chiqarib yubordi!

21 yanv, 08:33 1 032 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
3-divizion klubi "Real"ni Ispaniya kubogidan chiqarib yubordi! Ispaniya kubogi 1/16 final bosqichi doirasida "Alkoyano" - "Real" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, birinchi taym so‘ngida Eder Militao jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Marseloning uzatmasini yana bir braziliyalik darvozaga yo‘lladi. Ushbu goldan keyin biroz xotirjamlikka berilgan madridliklar 80-daqiqada o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi. Gol muallifi Xose Solbes.

Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmagach, hakam qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi. Mehmonlar ustozi zaxiradan o‘zi ishongan shogirdlarini maydonga tashlaganiga qaramay, mezbonlar raqib darvozasini 115-daqiqada ikkinchi bor aniq nishonga oldi va yakunda g‘alabani tantana qildi.

Shu tariqa, "Real" o‘z yurishini 1/16 final bosqichida to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Ma’lumot uchun, "Alkoyano" klubi B Segundada ishtirok etadi. Ushbu liga Ispaniyada tartibi bo‘yicha 3-o‘rinda turadi.

Alkoyano – Real Madrid 2:1
Gollar:
0:1 – 45 Militao, 1:1 – 80 Solbes, 2:1 – 115 Xuanan.
Alkoyano – Figeras, Xuanan, Karbonel (Molto, 60), Anxel Lopes, Rubio (Ramon Lopes, 72), Ferris, Raul, Niges (Diakite, 78), Sanches (Serda, 60), Murad (Anton, 105), Mexiya (Solbes, 60).
Real Madrid – Lunin, Marselo, Odriosola (Azar, 98), Viktor Chust, Militao, Isko (Kroos, 98), Kazemiro, Vaskes, Valverde, Vinisius Junior (Asensio, 90), Mariano Dias (Benzema, 67).
Ogohlantirish: Sanches (32), Xuanan (34), Mariano Dias (58), Odriosola (78), Ferris (90), Ramon Lopes (103), Lunin (116).
Chetlatish: Ramon Lopes (110).



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • La Liga. "Real" ketma-ket uchinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi 29 noya, 08:02
  • 5 ta gol urilgan o‘yinda "Real" "Shaxtyor"ga alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi 22 okt, 00:06
  • Ispaniya. "Real" Kataloniyada mag‘lubiyatga uchradi 30 okt, 07:39
  • «Real» safardayam «Napoli»ni mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘llanma oldi 08 mar, 09:20
  • «Real» safarda «Selta» bilan durang o‘ynadi va Ispaniya kubogidan chiqib ketdi 26 yanv, 23:49
  • Ispaniya kubogi. «Real» javob o‘yinida ham yirik hisobda g‘alaba qozondi 03 dek, 09:56
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bu oddiy o‘yin bo‘lmaydi" - "Istiqlol" bosh murabbiyi AGMKga qanday ta’rif berdi? 18 apr, 10:23 0
  • Urganchda Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi aytilayotgan dunyodagi eng yirik bronza ot haykali o‘rnatiladi (video) 18 apr, 09:44 65
  • Jizzaxda qoidani buzgan haydovchini so‘kkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi 18 apr, 09:16 176
  • Afg‘on yo‘lagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shadi? 18 apr, 08:38 294
  • «Bino cho‘kkanini ta’mir paytida bilib qolishgan» — qurilish vaziri «Navro‘z» to‘yxonasi haqida 18 apr, 08:00 484
  • Surxondaryoda 46 yoshli erkak daraxtdan dovuchcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqlab qo‘ydi 18 apr, 07:00 251
  • "Barselona" yirik hisobda g‘alaba qozonib, Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi! 18 apr, 05:15 693
  • "Traktor" - "Sharja" uchrashuvida "Paxtakor" uchun qulay hisob qayd etildi 18 apr, 01:42 1 140
  • Legionerimiz muhim golga assistentlik qildi (video) 18 apr, 01:39 909
  • Markaziy Osiyo derbisida imkoniyatlar qanday? Yoxud terma jamoa ustozining Saudiyadagi rejalari haqida 18 apr, 00:23 906
  • Boks. Jahon chempionatida bugun mag‘lubiyat bo‘ldimi? 18 apr, 00:00 1 278
  • Rossiya FXX Belarusda davlat to‘ntarishining oldi olinganini ma’lum qildi 17 apr, 23:55 1 058
  • Bo‘limlar