“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2021, 11:28
ЎЗO‘Z

«Yuventus» 9-bor Italiya Superkubogi g‘olibiga aylandi

21 yanv, 09:00 813 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Yuventus» 9-bor Italiya Superkubogi g‘olibiga aylandi Foto: Twitter/JuventusFC
Italiya Superkubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda "Yuventus" hamda "Napoli" jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. O‘yin turinliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlabki gol 64-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritildi. Jarima maydoni markaziga yetkazib berilgan to‘pni portugaliyalik futbolchi darvozaga aniq yo‘lladi. O‘yin shu asnoda davom etayotgan bir paytda, neapolliklar hujumga katta e’tibor berdi.

O‘z navbatida, bu holat himoyada bo‘shliqlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi va hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Alvaro Morata qarshi hujumda raqibni jazoladi. Kuadradoning uzatmasidan keyin bo‘sh qolgan darvozaga to‘p kiritgan Morata o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ushbu g‘alaba tufayli "keksa senora" bosh sovringa ega chiqdi. Ma’lumot uchun, bu jamoa ustozi Andrea Pirloning murabbiy sifatidagi ilk tituli hisoblanadi.

Yuventus — Napoli 2:0
Gol:
Ronaldu (64), Morata (90+6).
Amalga oshirilmagan penalti: Insine (79).
Yuventus – Shchensni, Kellini, Bonuchchi, Danilo, Kuadrado, Artur, Bentankur (Rabo, 84), Kulusevski (Morata, 84), Makkenni, Keza (Bernardeski, 46), Ronaldu.
Napoli – Ospina, Mariu Ruy (Politano, 84), Kulibali, Manolas, Di Lorenso, Zelinski, Bakayoko (Elmaz, 67), Losano, Demme (Lorente, 84), Insine, Petanya (Mertens, 72).
Ogohlantirishlar: Ronaldu (74), Zelinski (89).



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • A Seriya. Ronalduning dubli «Yuventus»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi 28 sen, 10:07
  • «Yuventus» gollarga boy o‘tgan dramatik bahsda «Napoli»ni mag‘lub etdi 01 sen, 09:50
  • Ronaldu «Yuventus» bilan ilk sovrinini qo‘lga kiritdi (foto, video) 17 yanv, 09:30
  • Aleks Sandro: Ronaldu “Yuventus”ni yangi darajaga olib chiqdi 01 okt, 20:48
  • “Yuventus” Turinda “Napoli” ustidan irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi 30 sen, 00:30
  • «Real» safardayam «Napoli»ni mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘llanma oldi 08 mar, 09:20
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bu oddiy o‘yin bo‘lmaydi" - "Istiqlol" bosh murabbiyi AGMKga qanday ta’rif berdi? 18 apr, 10:23 0
  • Urganchda Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi aytilayotgan dunyodagi eng yirik bronza ot haykali o‘rnatiladi (video) 18 apr, 09:44 66
  • Jizzaxda qoidani buzgan haydovchini so‘kkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi 18 apr, 09:16 176
  • Afg‘on yo‘lagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shadi? 18 apr, 08:38 294
  • «Bino cho‘kkanini ta’mir paytida bilib qolishgan» — qurilish vaziri «Navro‘z» to‘yxonasi haqida 18 apr, 08:00 484
  • Surxondaryoda 46 yoshli erkak daraxtdan dovuchcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqlab qo‘ydi 18 apr, 07:00 252
  • "Barselona" yirik hisobda g‘alaba qozonib, Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi! 18 apr, 05:15 693
  • "Traktor" - "Sharja" uchrashuvida "Paxtakor" uchun qulay hisob qayd etildi 18 apr, 01:42 1 140
  • Legionerimiz muhim golga assistentlik qildi (video) 18 apr, 01:39 909
  • Markaziy Osiyo derbisida imkoniyatlar qanday? Yoxud terma jamoa ustozining Saudiyadagi rejalari haqida 18 apr, 00:23 906
  • Boks. Jahon chempionatida bugun mag‘lubiyat bo‘ldimi? 18 apr, 00:00 1 278
  • Rossiya FXX Belarusda davlat to‘ntarishining oldi olinganini ma’lum qildi 17 apr, 23:55 1 058
  • Bo‘limlar