“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2021, 10:49
ЎЗO‘Z

Antikoronavirus xususiyatga ega ichimlik

21 yanv, 11:00 1 099 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Antikoronavirus xususiyatga ega ichimlik Foto: «Zen.yandex.ru»
Qora choy odam so‘lagida SARS-CoV-2ni faolsizlantiradi. Kioto tibbiyot universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi.
Choy barglarini qayta ishlashda biologik faol birikmalar hosil bo‘lishi qayd etilgan. Ular choy turiga qarab farqlanadi. Olimlar epigallokatexin gallati, teaflavin-3,3'-digallat va azinensin A koronavirusni «o‘chirib qo‘yishi» mumkinligini aniqladilar.

Tajribalar chog‘ida mutaxassislar COVID-19 bilan og‘riyotgan besh nafar ko‘ngillining so‘laklaridan namuna olishib, probirkada ko‘k va qora choy bilan aralashtirishdi. O‘zgarishlarni nazorat qilish uchun distillangan suv ishlatilgan. Uni ham kasallangan odamning so‘lagi solingan idishga qo‘shishdi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ko‘k choydan farqli o‘laroq qora choy distillangan suv bilan taqqoslaganda virus titri aniqlanmaydigan darajaga tushishiga yordam bergan.

Shu bilan birga, olimlar ushbu samara qisqa muddatli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqdalar.

«Choyning antivirus ta’siri virus yana so‘lakda to‘planib, boshqalarga yuqtirish darajasiga yetgunga qadar qancha vaqt davom etishini aniqlash muhim ahamiyatga ega», — deyiladi tadqiqotda.

Agar ta’siri bir necha soat davom etsa, COVID-19 bilan kasallanish xavfini kamaytirish uchun choydan ichimlik yoki og‘izni chayish uchun foydalanish tavsiya etilishi mumkin, deydi olimlar. Ular tadqiqot o‘tkazib, ichimlikning koronavirusga qarshi ta’sirini sinab ko‘rishga chaqirmoqdalar.

Koronavirus epidemiyasi boshlanganidan buyon dunyoda qariyb 97 million kishi virusni yuqtirib oldi. 2 milliondan ortiq bemor vafot etdi. Kasallanganlarning va vafot etganlarning aksariyati AQSH, Hindiston va Braziliyada qayd etilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Ko‘k choy va tabiiy sharbatlar koronavirusni zaiflashtiradimi? 17 noya, 18:00
  • O‘zbekistonda koronavirus bilan qayta kasallanish holatlari qayd etilmoqda 24 okt, 00:10
  • Olimlar koronavirusning odam terisida qancha yashashini isbotlashdi 07 okt, 20:00
  • Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi 23 noya, 08:30
  • Tarixning zarhal sahifasi: O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z ustozi bilan 27 sen, 17:34
  • Qora dengiz tubida noyob qadimiy kema topildi 28 мая, 23:28
  • So'nggi yangiliklar
  • "Bu oddiy o‘yin bo‘lmaydi" - "Istiqlol" bosh murabbiyi AGMKga qanday ta’rif berdi? 18 apr, 10:23 0
  • Urganchda Ginnesning rekordlar kitobiga kirishi aytilayotgan dunyodagi eng yirik bronza ot haykali o‘rnatiladi (video) 18 apr, 09:44 65
  • Jizzaxda qoidani buzgan haydovchini so‘kkan YPX xodimiga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi 18 apr, 09:16 176
  • Afg‘on yo‘lagi Markaziy Osiyo taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shadi? 18 apr, 08:38 294
  • «Bino cho‘kkanini ta’mir paytida bilib qolishgan» — qurilish vaziri «Navro‘z» to‘yxonasi haqida 18 apr, 08:00 484
  • Surxondaryoda 46 yoshli erkak daraxtdan dovuchcha olayotgan voyaga yetmagan bolani pichoqlab qo‘ydi 18 apr, 07:00 251
  • "Barselona" yirik hisobda g‘alaba qozonib, Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi! 18 apr, 05:15 693
  • "Traktor" - "Sharja" uchrashuvida "Paxtakor" uchun qulay hisob qayd etildi 18 apr, 01:42 1 140
  • Legionerimiz muhim golga assistentlik qildi (video) 18 apr, 01:39 909
  • Markaziy Osiyo derbisida imkoniyatlar qanday? Yoxud terma jamoa ustozining Saudiyadagi rejalari haqida 18 apr, 00:23 906
  • Boks. Jahon chempionatida bugun mag‘lubiyat bo‘ldimi? 18 apr, 00:00 1 278
  • Rossiya FXX Belarusda davlat to‘ntarishining oldi olinganini ma’lum qildi 17 apr, 23:55 1 058
  • Bo‘limlar