“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2021, 16:22
ЎЗO‘Z

«Mobil telefon ko‘pincha yot mafkurani tarqatadigan qurolga aylanmoqda» – Shavkat Mirziyoyev

21 yanv, 10:30 978 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Mobil telefon ko‘pincha yot mafkurani tarqatadigan qurolga aylanmoqda» – Shavkat Mirziyoyev Foto: Prezident matbuot xizmati
2021 yilning 19 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya asoslarini kuchaytirish lozimligini qayd etdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

«Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi, deymiz. Lekin ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda bu qoidaga amal qilinmayapti. Bu borada bog‘cha, maktab, oliy ta’lim, mahalla – har biri alohida ish olib boryapti. Shuning uchun ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yagona tizimini yaratish, unda har bir mas’ul idoraning vazifasi va birgalikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarini aniq belgilab qo‘yish zarur.

Xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jajji farzandlarimizni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda ma’naviy-tarbiyaviy ishlar tizimini yaratishi kerak. Bunda, ayniqsa, xususiy va davlat-sheriklik asosidagi bog‘chalarga ma’naviy va metodik yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratish lozim. Joylardagi Ma’naviyat va ma’rifat kengashlari bu masalaga alohida ahamiyat berishi lozim. Shu maqsadda, Kengash a’zolarini har bir maktabgacha ta’lim tashkilotiga doimiy biriktirib, mas’uliyatini belgilab qo‘yish zarur
», dedi Prezident.

Davlat rahbari maktablarda 5-sinfdan boshlab yagona sinf rahbarini tayinlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish lozimligini ta’kidladi.

«Xabarlaringiz bor, biz mamlakatimizdagi 10 mingdan ortiq maktabga taniqli adib va jurnalistlarni, ma’naviyatchilarni ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi sifatida biriktirdik. Ular maktabda ma’naviy muhitni yaxshilash, o‘quvchilarning adabiyot, madaniyat va san’atga qiziqishini oshirish hamda ijodiy tafakkurini rivojlantirish orqali vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash uchun mas’ul bo‘ladi.

Yana bir masala. Maktablarda 5-sinfdan boshlab yagona sinf rahbarini tayinlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Bu o‘qituvchi 11-sinfga qadar bolalarning ma’naviy tarbiyachisiga, ota-onasidek qadrdoniga aylanishi zarur.

Shuni qayd etish joizki, bugun bolalarimizni maktab, ota-ona yoki institut emas, aksariyat holda qo‘lidagi telefon tarbiyalamoqda, desak bu ham haqiqat. Mobil telefon endi oddiy aloqa vositasi emas, ko‘pincha yot mafkurani tarqatadigan qurolga aylanmoqda.

Ma’naviyatimizga mutlaqo begona bo‘lgan zararli g‘oyalar chegarani buzmasdan, bildirmasdan xonadonimizga, jamiyatimizga kirib kelyapti. Soat sari emas, minut sari kirib boryapti. Bularning barchasi biz uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lib yangrashi zarur
», dedi Shavkat Mirziyoyev.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev: “Yaqin 4-5 yilda barcha bolalar maktabgacha taʼlim muassasalariga toʻliq qamrab olinadi” 08 mar, 18:33
  • Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda 14 fev, 20:27
  • Shahnoza Mirziyoyeva yangi vazirlikda ishlamoqda 18 yanv, 21:02
  • Shavkat Mirziyoyevning qizi vazirlikda ishlamoqda 26 dek, 21:00
  • 2018 yildan OTMlarda maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi bo‘limlar ochiladi 20 okt, 18:05
  • Shavkat Mirziyoyev Bekoboddagi bog‘chalardan birida 18 avg, 17:40
  • So'nggi yangiliklar
  • Yosh 40 dan oshganidan keyin amal qilish kerak bo‘lgan odatlar 23 apr, 15:39 13
  • «UzAuto Motors» xalqaro moliya bozoriga ilk qimmatli qog‘ozlarini chiqarmoqda 23 apr, 15:11 114
  • Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit «Neksiya»da yuk avtomobiliga urildi 23 apr, 14:44 163
  • «Qoplamaning xizmat qilish muddati belgilanmagan» — Senat avtoyo‘llar borasidagi kamchiliklar haqida 23 apr, 14:12 271
  • DSQ hisobvaraq-fakturalar tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi 23 apr, 13:43 339
  • 24 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 23 apr, 13:13 428
  • Ozodbek Nazarbekov otasi vafot etgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi 23 apr, 12:40 1 096
  • 1 iyundan ayrim tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin 23 apr, 12:12 510
  • O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining dastlabki partiyasi olib kelindi 23 apr, 11:30 526
  • Dunyoning eng qimmat shahrida o‘n minglab uylar bo‘shab qoldi 23 apr, 10:46 1 070
  • "Paxtakor"ga qarshi bahs haqida Shukurovning ustozi nimalar dedi? 23 apr, 10:23 664
  • Ruslanbek Davletov: “Amaldorlarning xarajatlari ochiqlanishi kerak” 23 apr, 09:50 587
  • Bo‘limlar